“Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining
debetiga yozib, hisobdan o’chirish yo’li bilan yopiladi va subschyot bo’yicha yil
oxirida qoldiq qolmaydi.
Budjetdan moliyalashtirilgan mablag’lar, shuningdek g’azna ijrosiga o’tilgan
tashkilotlarda g’aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlari
orqali amalga
oshirilgan to’lovlarni tekshirishda 232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotida
aks ettirilgan summalar tahlil qilinadi. Ushbu subschyotning debiti bo’yicha
yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag’larni ham
tekshirish mumkin. Bunda 10 schyotning tegishli subschyotlari bo’yicha kredit
yozuvlari tekshiriladi.
Quyi tashkilotlarda esa, yuqori tashkilot tomonidan
moliyalashtirib berilgan mablag’lar 10 schyotning tegishli subschyotlari debeti va
232 “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining krediti bo’yicha tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: