Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha
daromadlarni alohida sinchkovlik bilan tekshirish kerak. Tekshirish ularning
turlari bo’yicha amalga oshiriladi . Qonunchilikda belgilangan
tartibda quyidagi
yo’nalishlar bo’yicha daromad va tushumlarni vujudga keltirish mumkin:
-budjet tashkilotlarining faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)larning
sotilishidan olingan daromadlar;
-vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulklarini
boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan kelib tushadigan tushumlar;
-yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga berilgan homiylik
(beg’araz) yordam hisobidan tushumlar.
Yuqoridagi daromadlarning sintetik hisobi 262 “Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar” subschyotida aks
etganligi sababli ushbu subchetning aylanishlari o’rganiladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar)ning
realizatsiya qilinishidan xaridor va buyurtmachilardan kelib tushadigan
daromadlarning o’z vaqtida kirim qilinishi, aynan o’sha mahsulot (ish, xizmat)lar
uchun sarflangan jami xarajatlarni mahsulot tannarxidanga to’g’ri olib borilishi va
asoslanganligi alohida tekshirish usullarini qo’llagan holda amalga oshiriladi.
Bunda 200 “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” subschyotining debetiga
o’tkazilgan summalar analetik hisob ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Tashkilotlar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning
boshqa mol-mulkini o’zga tashkilotlarga ijaraga berishi
holatlari tahlil qilinishi,
foydalanilmaslik sabablari aniqlanishi kerak. Shundan so’ng, o’zaro tuzilgan ijara
shartnomasida belgilangan summaning asoslanganligi aniqlanadi. Har oyga
(chorakka) to’g’ri keladigan ulushi miqdori (har oyda yoki chorakda) 159 “Boshqa
debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” subschyotning debetiga o’z vaqtida
o’tkazilishi kerak. Kelib tushgan mablag’lar 112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish
jamg’armasi mablag’lari” subschyotning debeti bo’yicha tekshiriladi.
Tashkilotga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan berilgan homiylik
(beg’araz) yordamlarni o’z vaqtida hisobga olinishga e’tibor qaratiladi. Bunday
mablag’lar hisobda 112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi
mablag’lari” subschyotning (agarda naqd pulda berilsa, 12
schyotning tegishli
subschyotlari) debeti va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi
mablag’lari bo’yicha daromadlar” subschyotning krediti bo’yicha buxgalteriya
provodkasi bilan aks ettiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk
ko’rinishida berilgan beg’araz yordamlarni to’g’ri rasmiylashtirilishi va ushbu
mol-mulklarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarda aks ettirilishiga e’tibor
qaratilishi kerak.
Yil oxirida 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
bo’yicha daromadlar” subschyotning kreditida aks ettirilgan barcha daromadlar
260 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar” subschyotining kreditiga hisobdan chiqarish yo’li bilan
yopiladi va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
bo’yicha daromadlar” subschyot bo’yicha qoldiq qolmaydi.
260 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy
yilga moliyaviy natijalar” subschyotida rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning
debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan mazkur mablag’lar bo’yicha amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 261 “Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy
xarajatlar” subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha
daromadlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda, 262 “Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar” subschyoti
debetlanadi.
Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
bo’yicha moliyaviy natijalar 283 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi
mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining kreditiga
(debetiga) hisobdan chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: