Budjet nazorati


Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarni tekshirish



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarni tekshirish. 
Homiladorlik 
va tug’ish bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun belgilangan tartibda 
berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’ladi. Homiladorlik va tug’ish 
bo’yicha berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo’qolgan hollarda 
nafaqa uning o’rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi 
(dublikat) asosida beriladi. 
Tekshiruvchi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish 
bo’yicha nafaqalarni tekshirishda xodimning haqiqiy ish haqini to’g’ri hisoblab 
chiqarilganligini aniqlaydi. 


Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, 
sug’urta badallari undirilib to’lanadigan jami ish haqi to’lovlari kiradi. Sug’urta 
badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 
maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sug’urta badallari qo’shilmaydigan va 
pensiyani hisoblab chiqishda hisobga olinmaydigan ish haqi va boshqa to’lov 
turlari ro’yxati asosida aniqlanadi. 
Nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha 
turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda to’lanadigan oylik 
mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti bo’yicha emas, balki ular hisoblab 
yozilgan vaqt bo’yicha ish haqiga qo’shiladi. Vaqtinchalik mehnatga 
qobiliyatsizligi sababli to’la ishlamagan, homiladorlik va tug’ish, bola uch yoshga 
to’lgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo’lgan, harbiy o’quv yoki sinov 
yig’inlarida yoki boshqa korxonada ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot 
summasi bo’linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun uch 
oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan 
ko’p bo’lmagan qismi hisobga olinadi. 
Bola tug’ilganida beriladigan nafaqalarni tekshirish. 
Bola tug’ilganda 
beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan 
eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. 
Tekshirish jarayonida qo’llanilayotgan koeffitsentlar va asos bo’lgan hujjatlar 
nazoratdan o’tkaziladi. Ish haqiga koeffitsient qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa 
ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlayotgan ayollarga, 
hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim 
muassasalarida, magistratura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan 
ayollarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki 
o’qish joyidan to’lanadi. 
Agar ayol homiladorlik bo’yicha ta’til davrida ishdan bo’shab, shu davr 
mobaynida homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa olgan bo’lsa, bir martalik 
nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o’lik tug’ilgan hollarda nafaqa 
to’lanmaydi. 



Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin