Budjet nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Dastlabki nazorat
– smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga 
oshiriladi. Unda budjet intizomiga rioya qilinishi, shuningdek, qonunchilik 
talablari buzilishi oldi olinadi. 
Joriy nazorat
– budjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan 
muomalalarni qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy 


qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini xaqiqiy holatga mosligi, 
hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. 
Keyingi nazorat
– umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va 
hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. 
3.
 
Byudjet nazoratining shakllari, turlari va usullari hamda nazorat 
organlarining vakolatlari 
Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet 
to’g’risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan 
buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va 
o’rganish shaklida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi: 
-
dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar 
g’aznachilik bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan
-
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik 
bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga 
oshiriladigan; 
-
yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so’ng Byudjet 
Kodeksining 171-moddasida
 
ko’rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari 
tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir. 
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir: 
1. hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab: 
-
yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, 
moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;
-
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, 
statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
2. nazoratning maqsadga yo’naltirilganligi va predmetiga qarab:
-
kompleks nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlarini nazorat qilish; 
-
mavzuli nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun 
ayrim masalalar bo’yicha faoliyatini nazorat qilish
-
muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan va 
turli moliyaviy nazorat ob’ektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o’z ichiga 
olgan tekshirish.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin