Byudjet mablag’laridan samarali foydalanishda moliyaviy
nazoratni takomillashtirish
Yo.R.Xazratqulov
I.Z.Abdunaimova
L.A.Xazratova
Q.Q.Qahramonov
M.T.Burxonova
TMI
Annotatsiya: Mazkur maqolada moliyaviy nazoratning mohiyati, ahamiyati va
samarali moliyaviy nazoratni amalga oshirish orqali byudjet mablag‘laridan
tejamkorlik asosida foydalanish masalalari o’rganilgan.
Kalit so‘zlar: moliyaviy nazorat, nazorat organlari, byudjet mablag’larini iqtisod
qilish, maqsadsiz xarajatlarni oldini olish.
Improving financial control in the efficient use of budget funds
Yo.R.Xazratqulov
I.Z.Abdunaimova
L.A.Xazratova
Q.Q.Qahramonov
M.T.Burxonova
Tashkent Financial Institute
Abstract: This article examines the nature and importance of financial control
and the efficient use of budget funds through the implementation of effective financial
control.
Keywords: financial control, control bodies, economy of budget funds,
prevention of unnecessary expenses.
Moliyaviy nazoratni tashkil etish bu moliyaviy resurslarni boshqarishning
majburiy elementi hisoblanib,bunday boshqaruv jamiyat oldidagi javobgarlikni aks
ettiradi. Nazorat bu oxirgi maqsad hisoblanmaydi, nazorat bu boshqarish tizimining
ajralmas qismi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal
qilishining zaruriy shartidir. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo‘lib
hisoblanadi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1171
Nazorat boshqarish siklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul
qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu
qarorlarning amalga oshirilish darajasini haqiqiy natijalarning o‘rnatilgan parametrlari
va me’yoriy ko‘rsatmalardan og‘ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni
bartaraf etishga qaratiladigan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida
boshqariluvchi ob’yekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish
tizimidir.
Professorlar A.V.Vahobov va T.S. Malikovlarning fikricha, barcha iqtisodiy
sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan
qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus
tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy
nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan
foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunshilikka rioya etilishi, moliyaviy-
xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan
xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ishiga oladi. Boshqacha
so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir
bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik
yo‘nalishiga ega
1
.
Demak, moliyaviy nazorat - bu faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’yektlarining
moliyaviy muomalalarini o‘rnatilgan qonun-koidalar doirasida amal qilinishini
ta’minlovchi ularning samaradorligini tahlil qiluvchi va ularni kelgusida
takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiquvchi mas’ul organlarning aniq
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati. Moliyaviy nazoratning maqsadi - bu chunchaki faqat
nazorat emas, balki uning maqsadi ahvolni to‘g‘rilash choralarini ko‘rish, ayrim
hollarda aybdorlarni javobgarlikka tortish, etkazilgan zarar uchun tovon undirib olish
yoki kelgusida bunday buzilishlarning oldini olish yoxud kamaytirish imkoniyatiga ega
bo‘lish uchun imkoni boricha dastlabki bosqichda qabul qilingan standartlardan
chekinishlarni va konun qoidalarning buzilishlarini oldini olish, moddiy resurslarning
samaradorligini oshirish va tejab sarflanishini aniqlashdan iboratdir.
Moliyaviy nazoratning ahamiyati shundan iboratki, uning yordamida birinchidan,
davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar
tomonidan o‘z moliyaviy faoliyatlarida huquqiy tartibga rioya etilishini kuzatib borish;
ikkinchidan, amalga oshirilayotgan moliyaviy harakatlarning iqtisodiy asoslanganligi
va samaradorligini, bu harakatlarning davlat oldida turgan vazifalarga muvofiq
kelishini tekshirish amalga oshiriladi. Shunday qilib, moliyaviy nazorat moliyaviy
faoliyatni amalga oshirish paytida qonunchilikka rioya etish, xarakatlarni maqsadga
1
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar.O‘quv qo‘llanma.T.:“IQTISOD-MOLIYA” 2008 y. 316
b.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1172
muvofiqligini ta’minlashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida moliyaivy nazoratning maqsad va
vazifalari, turlari va shakllari tubdan o‘zgardi. Endi u faqatgina jazolash maqsadida
emas, balki davlatning o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning
to‘liq to‘planishi va byudjet mablag‘laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat
qilinishini nazorat qilish maqsadida maslahat va ko‘rsatmalar berish kabi vazifalarni
bajarmoqda. Bugungi kunda moliyaviy nazorat tizimi o‘z tarkibida nazorat qiluvchilar
va nazorat qilinuvchilar bilan birga nazoratning turlari, shakllari va usullarini ham
jamlaydi.
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o‘tkazilishi uning tashkil
etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o‘tkazishning metodlariga
bog‘liq.
Bugungi kunda byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga
rioya qilinishi ustidan doimiy va samarali nazoratni ta’minlash dolzarb masalalardan
biri bo’lib qolmoqda. Zero, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy
islohotlarni moliyaviy ta’minlashda byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish,
ularning aniq maqsadli va manzilli bo’lishiga erishish eng muhim vazifalardan biri
sanaladi. Bu maqsadga erishish uchun byudjet intizomiga rioya etilishini yanada
kuchaytirish, byudjet mablag’larining belgilangan maqsadlarda sarflanishi ustidan
qattiq nazoratni ta’minlash juda muhimdir.
Byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan samarali davlat nazoratini amalga
oshirishda moliyaviy nazorat organlar tizimi faoliyatini ham takomillashtirib borish
muhim ahamiyatga egadir.
Mamlakatimizda samarali moliyaviy nazorat tizimi yo’lga qo’yilganligi, byudjet
mablag’laridan maqsadli, tejamli foydalanishni ta’minlash maqsadida davlat
moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari
tashkil etilganligiga qaramasdan, moliya organlari va byudjet muassasalari faoliyatida
ba’zan byudjet mablag’larini noto’g’ri sarflash, noqonuniy xarajatlarni amalga
oshirish, hamda byudjet mablag’larini o’zlashtirish holatlari barham topmayapti.
Fikrimiz tasdig’i sifatida, byudjet tashkilotlarida amalga oshirilayotgan taftish va
tekshirishlarda aniqlanayotgan quyidagi tizimli ravishdagi qoidabuzilishlar ko’rsatib
o’tishimiz mumkin:
- byudjet muassasalari tomonidan xarajatlar smetasini rejalashtirishda amaldagi
me’yoriy xujjatlar talablari chuqur o’rganilmaganligi natijasida byudjetdan ortiqcha
mablag’ olish;
- umumta’lim muassasalarida tarifikatsiya jadvalini tuzishda vakant soatlarga
yuqori toifali tarif razryadlari qo’llanilishi natijasidan byudjetdan ortiqcha mablag’
olish;
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1173
- turli sabablar bilan o’tilmagan dars soatlari hisobidan iqtisod bo’lgan
mablag’larni o’z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli byudjetga
qaytarilmasligi;
- vakant saqlanayotgan shtat birliklari hisobidan iqtisod bo’lgan mablag’larni
o’z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli byudjetga qaytarilmasligi;
- mehnatga haq to’lashning Yagona tarif setkasi razryadlarini va
koeffitsiyentlarini hamda ustama to’lovlarini noto’g’ri qo’llash hisobiga ortiqcha
xarajatlarga yo’l quyish;
- ishlamaydigan xodimlarning plastik kartochkalariga mablag’ o’tkazib berish;
- muassasa rahbarlari o’z nomlariga va yaqin tanishlari (xomtavoqlari) nomiga
ochilgan plastik kartochkalarga byudjet mablag’larini ortiqcha o’tkazib o’zlashtirish;
- pul to’lov varaqalarini sohtalashtirish orqali o’zlashtirish;
- qurilish ta’mirlash ishlariga ajratilgan mablag’larni hisobotlarga bajarilmagan
ishlarni qo’shib yozib o’zlashtirish;
- olinmagan tovar moddiy boyliklar uchun byudjet mablag’larini yo’llash;
- tovar-moddiy boyliklarni qimmat narxlarda yetkazilishi, shartnomada
ko’rsatilgan tovar - moddiy boyliklar o’rniga boshqa xildagi mahsulotlarni kirim
qilinishi;
- tovar moddiy boyliklar kamomadi va o’zlashtirilishi;
- oziq-ovqat, dori-darmon, yoqilg’i-moylash va boshqa mahsulotlarini xarajatga
chiqarish normalariga rioya qilmaslik;
- byudjet muassasalarida ishlovchi xodimlar soxta diplom va malaka toifalari
guvohnomalari bilan hamda nostrifikatsiyadan o’tkazilmagan chet el ta’lim
muassasalari diplomlari bilan faoliyat yuritishlari va boshqa holatlar.
Fikrimizcha, yuqoridagi holatlarni oldini olish va ularga barham berishda, davlat
byudjeti mablag’larining sarflanishini nazorat qilishni takomillashtirishning asosiy
yo’nalishlari qilib quyidagilarni belgilab olish lozim:
1. Byudjet mablag’larining sarflanishining nazorat qilishning ilmiy asoslangan
uslubiyatini yanada takomillashtirish;
2. Byudjet tizimi va jarayonini tartibga soladigan me’yoriy bazalarini
unifikatsiyalash, ixchamlashtirish va muqobillashtirish;
3. Byudjet tashkilotlari tomonidan moliyaviy shtat intizomiga rioya qilinishi
ustidan nazoratni kuchaytirish;
4. Davlat byudjeti mablag’larini sarflanishining samarali monitoringi amalga
oshirishda texnik vositalar va dasturiy ta’minotlardan keng foydalanish;
5. Aholining kam ta’minlangan tabaqalariga ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida
to’lash ustidan nazoratni yaxshilash;
6. Davlat investitsiya dasturiga ajratilgan byudjet mablag’laridan foydalanish
ustidan nazoratni kuchaytirish;
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1174
7. Byudjet munosabatlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar o’rtasida nazoratni
tashkil etishda o’zaro ma’lumotlar alshashish mexanizmini takomillashtirish;
8. Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishda jamoatchilik nazorati va
ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;
9. Byudjet mablag’larini tejashda iqtisodiy rag’batlantirishlarni yangi usullarini
tadbiq etish;
10. Byudjet nazorati bilan shug’ullanadigan xodimlarning kasbiy malakalari,
faoliyatlaridagi ob’ektivlik va ma’suliyatini oshirish.
Davlat byudjeti mablag’larining sarflanishini nazorat qilishni takomillashtirishga
qaratilgan yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarni amalga oshirish uchun fikrimizcha,
quyidagi chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq qilinishi maqsadga muvofiqdir:
I. Byudjet mablag’larining sarflanishining nazorat qilishning ilmiy asoslangan
uslubiyatini yanada takomillashtirish borasida fikrimizcha, mablag’larning sarflanishi
ustidan nazorat qilishning ayrim uslubiyatlarini byudjet tizimi va jarayonlaridagi
islohotlar talablaridan kelib chiqib yanada takomillashtirish, bunda xorijiy tajribalarni
o’rganib, ulardagi ilg’or tajribalarni milliy moliya tizimimiz xususiyatlaridan kelib
chiqib, amaliyotga tadbiq etish lozimdir.
II. Byudjet tizimi va jarayonida moliyaviy munosabatlarni tartibga solish borasida
foydalaniladigan barcha hujjatlarni yagona me’yoriy hujjat qilib jamlash va
muqobillashtirish lozim. Garchi 2014 yildan Byudjet kodeksi qabul qilinib, bir necha
me’yoriy hujjatlar unifikatsiyalangan bo’lsada, ba’zan byudjet mablag’laridan
foydalanish yuzasidan nazoratlar maxsus yo’riqnoma va ko’rsatma xatlar asosida
amalga oshirilmoqda. Bu maxsus yo’riqnoma va ko’rsatma xatlardan odatda faqat
nazorat qiluvchi sub’ektlarninggina xabardor bo’lishi va foydalani olishi, ayrim
hollarda nazorat qilinadigan ob’ektning mas’ul xodimlarini bu huquqiy hujjatlarni
bilish va foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi.
III. Byudjet tashkilotlari tomonidan moliyaviy shtat intizomi buzilishi hollari
ko’p yillik tizimli muammolardan biri sanaladi. Bu holat asosan xodimlarning bilim va
ko’nikmalari etishmasligi, etiborsizligi yoki shaxsiy manfaatlari yo’lida o’zaro til
biriktirishlari natijasida vujudga kelishi mumkin. Mazkur holatga barham berish
yuzasidan xodimlarning bilim va ko’nikmalarini oshirish, shuningdek, muassasa
rahbar xodimlariga nisbatan intizomiy choralar hamda jarimalar qo’llash kabi tasirchan
faoliyatni amalga oshirish lozim.
IV. Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishda inson omilining kamayishi va
bu jarayonda axborot texnologiyalaridan keng foydalanilishi samarali monitoringi
amalga oshirishga hamda mablag’lar sarflanishining eng ishonchli moliyaviy
nazoratini tashkil etishga erishish imkonini beradi. Albatta, mazkur faoliyatni amalga
oshirishda mukammal ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlarsiz ko’zlangan maqsadga
erishib bo’lmaydi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1175
V. Ma’lumki, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab,
kuchli ijtimoiy siyosatni olib borish, aholini hayot darajasi va farovonligi oshirish
asosiy ustuvor vazifalardan biri qilib belgilandi. Samarali ijtimoiy himoyani amalga
oshirishda aholining kam ta’minlangan tabaqalariga davlat byudjetidan beriladigan
ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida va manzilli, hamda adolatli to’lanishini taminlash
orqali erishiladi. Shu bois, ijtimoiy nafaqalarni tayinlovchi mutasaddi tashkilotlar
mas’ul xodimlarining ish faoliyatida xolislik, adolatlikni ta’minlash va
suiste’molliklarni oldini olish maqsadida ular faoliyatlari ustidan olib boriladigan
nazorat chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Bu orqali
byudjetdan ijtimoiy nafaqalarga noo’rin sarflanayotgan mablag’larning oldi olinadi.
VI. Ma’lumki, byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasining 3-guruh xarajatlari
Davlat investitsiya dasturiga muvofiq moliyalashtiriladi. Bu borada kapital qurilishda
o’tkazilayotgan tenderlarda raqobatni, oshkoralikni va xolislikni ta’minlanish
muhimdir. Bu esa davlat investitsiya dasturidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishda
mablag’lardan samarali foydalanilishiga xizmat qiladi.
VII. Samarali nazoratni tashkil etishda byudjet munosabatlarida ishtirok etuvchi
tashkilotlar o’rtasida o’zaro ma’lumot almashish tizimini keng qo’yish ham muhim rol
o’ynaydi. Bu borada byudjet tashkilotlarini moliyalashtiruvchi moliya organlari bilan
tijorat banklari, soliq va bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjasi va uning savdo
maydonchalari
o’rtasida
o’zaro
axborot
almashish
aloqalarini
yanada
mukammalashtirish byudjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanishni
ta’minlaydi.
VIII. Davlat byudjeti mablag’laridan maqsadli foydalanishni ta’minlashda,
shuningdek moliyaviy nazorat organlari faoliyatini takomillashtirishda rivojlangan
mamlakatlar tajribasini chuqur o’rganib, ularni respublikamiz nazorat tizimiga tadbiq
etilishi, xalqimizning milliy mentaliteti bilan yo’g’rilgan o’ziga xos nazoratga
ko’maklashuvchi yangi axborot manbalarini shakllantirilishi, nazorat tadbirlarini
amalga oshirishda oshkoralik tamoyili (nazorat organlari jamoatchilikka tayanishga, o’z
faoliyatlarining natijalarini keng oshkor etishga intilishi)ga amal qilinishi byudjet
nazoratining samaradorligini oshiradi. Xususan, mamlakatimiz moliyaviy nazorat
organlari faoliyatlari davomida amalga oshirilgan ishlari to’g’risida muntazam ravishda
ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka hisobot berib turishlari yoki
maxsus elektron dastur joriy qilish orqali jamoatchilik bilan bog’lanishni yanada
kengaytirish natijasida byudjet nazoratining samaradorligini yanada oshirishga erishish
mumkin.
IX. Davlat byudjeti mablag’larining moliyaviy nazoratini kuchaytirish uchun,
avvalom bor, ushbu nazoratni olib boruvchi xodimlarning malakasini, hamda ish
sifatini oshirish orqali moliyaviy nazorat tizimiga kuchli ta’sir o’tkazish mumkin.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1176
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti
mablag’laridan foydalanishning moliyaviy nazoratini olib boruvchi organlar
tomonidan belgilangan maqsadlarning bajarilishi uchun ular faoliyatida mustaqillik,
xolislik va oshkoralik tamoyillariga mos, ishonchli faoliyat ko’rsatadigan nazorat
tizimini yaratish lozim.
Mazkur bitiruv malakaviy ishimizda yuqorida tahlil qilingan ma’lumotlar asosida,
O’zbekiston Respublikasida nazorat ishlari samaradorligini ta’minlash, hamda byudjet
mablag’laridan foydalanish yuzasidan samarli moliyaviy nazoratni amalga
oshirishning asosiy yo’nalishlari yuzasidan quyidagi asosiy xulosa, taklif va
tavsiyalarimizni aks ettiramiz:
- davlat siyosatiga mos ravishda moliyaviy nazorat tizimini isloh qilib borishni
ta’minlash;
- moliyaviy nazorat qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun ko’zda tutilgan
natijaga erishishni ta’minlashga xizmat qilishi lozim;
- moliyaviy nazorat organlarining byudjet xarajatlarini optimallashtirishga
qaratilgan yuqori samarali faoliyatini rag’batlantirish mexanizmini takomillashtirish;
- moliyaviy nazorat sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini amalga oshirish;
- moliyaviy nazorat tizimi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning me’yoriy-
huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash va takomillashtirish;
- nazorat organi tizimi bilan turli tashkilotlar (tijorat banklari, soliq, bojxona
organlari, tovar xom-ashyo birjalari) o’rtasidagi axborot almashish tizimini yanada
muvofiqlashtirish;
- huquq tartibot organlarining moliyaviy xato va kamchiliklarga yo’l qo’ygan
mas’ul shaxslarga nisbatan o’zaro ta’sir etish mexanizmini takomillashtirish;
- byudjet tashkilotlarida ichki va jamoatchilik moliyaviy nazorat faoliyatlarini
faollashtirish;
- xorijiy davlatlarda byudjet mablag’laridan foydalanish yuzasidan nazorat
tadbirlarini amalga oshirish mexanizmini va nazorat-taftish organlari faoliyatini
kuzatish va tajribalarini o’rganish, so’ngra ularning ijobiy yutuqlari va natijalarini
milliy moliyaviy nazorat tizimimizga tadbiq etish lozim.
O’ylaymizki, yuqoridagi fikr-mulohazalarimizni amaliyotga tadbiq etilishi
moliyaviy nazorat organlarining byudjet ijrosini ta’minlash yuzasidan faoliyatlarini
takomilashtirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |