Budjet nazorati


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, moliya boshqarmalari va



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, moliya boshqarmalari va 
moliya bo’limlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya 
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari
tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari o’z vakolatlari doirasida: 
-
quyi turuvchi moliya organlari tomonidan byudjet to’g’risidagi qonun 
hujjatlari ijrosining ta’minlanishi ustidan; 
-
ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam 
tayinlanishi hamda o’z vaqtida to’lanishi ustidan; 
-
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan smeta-
shtat intizomiga rioya etilishining ta’minlanishi ustidan; 
-
aktsiz solig’i to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi ustidan; 
-
aktsiz to’lanadigan ayrim turdagi tovarlarning aktsiz markalari bilan to’liq 
tamg’alanishi va olingan aktsiz markalari sonining ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
hajmiga muvofiqligi ustidan; 
-
byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobini yuritish va moliyaviy 
hisobotni tuzishning, shuningdek quyi turuvchi hududiy moliya organlari 
tomonidan byudjet hisobotini tuzishning to’g’riligi ustidan davlat moliyaviy 
nazoratini amalga oshiradi. 
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat 
moliyaviy nazorati. 
G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy nazoratini: 
-
byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni 
etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) bilan Davlat 
byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari mablag’lari hisobiga 
tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida 
hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida 
majburiy ro’yxatdan o’tkazish; 
-
xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda nazarda 
tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar 
nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni bevosita amalga oshirish 
orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga oshiradi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin