Tekshiruv jarayonida katta miqdorda aniqlangan kamomadlar yoki boshqa
jinoiy xarakterga ega bo’lgan hato va kamchiliklar aniqlansa oraliq dalolatnomasi
tuziladi hamda tekshirish belgilagan tashkilot qaroriga asosan huquqni himoya
qilish organlariga oshiriladi.
Tekshirilayotgan tashkilot raxbariyati aniqlangan
hato va kamchiliklar
bo’yicha taftish yakunlanishiga qadar ularni bartaraf qilish yuzasidan chora-
tadbirlar amalga oshirishi kerak.
Tekshirish dalolatnomasi tuzilmasini shakllantirishda idoraviy yo’riqnomalar
va tashkilotni tarmoq xususiyatlari inobatga olinadi. Dalolatnoma kirish va asosiy
qismdan iborat bo’ladi. Dalolatnomaning kirish qismida taftishning xususiyati,
dalolatnoma tuzilgan joy va sana, uni belgilagan
tashkilot xaqida qisqacha izoh,
taftish guruhining tarkibi, taftish davri, tekshirish ob’ekti xaqida qisqacha
ma’lumot, tekshirilayotgan tashkilotda birinchi va
ikkinchi imzo huquqiga ega
bo’lgan shaxslar ko’rsatiladi. Bundan tashqari, kirish qismida kassa va bank
operatsiyalaridan tashqari operatsiyalarni tanlab olib tekshirilganligi xaqidagi
ma’lumot kiritilishi kerak. Albatta, tanlab olish shartlari
tekshiruv guruhining
raxbari tomonidan belgilanadi va amalga oshiriladi.
Tekshirish natijalari bo’yicha tahliliy jadvallar, bir xil turdagi kamchiliklar
bo’yicha jamlanma qaydnomalar,
tushuntirish xatlari, schyotlar bo’yicha qoldiq
qaydnomalari tuziladi va tekshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Har bir ilova
bo’yicha tekshirish dalolatnomasida izohlar keltirilishi shart.
Tekshirish dalolatnomasiga barcha tushuntirishlar, schyotlar bo’yicha
qoldiqlar qaydnomasi ochilgan holda bosh hisobchi va
raxbar tomonidan
imzolanib ilova qilinadi. Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari
moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to’liqligi, to’g’riligi hamda o’z vaqtida
taqdim qilinishi yuzasidan javobgardirlar.
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan taftish dalolatnomasi natijalari
barcha Mehnat jamoasi oldida muxokama qilinadi. Muxokama natijalari
protakollashtiriladi va dalolatnomaga ilova qilinadi. Bu tuzilgan dalolatnoma
realizatsiyasi jarayonining dastlabki qismi hisoblanadi.
Dalolatnoma realizatsiyasining asosiy qismi taftish belgilagan tashkilot
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, ko’p hollarda taftish natijalari vazirlik,
qo’mita va boshqarmalarning kollegiya majlislarida ko’rib chiqiladi va
ma’muriy chora tadbirlar belgilanadi.