Budjet tashkilotida Tovar moddiy zaxiralar hisobi Tovar-moddiy zaxiralar



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə2/3
tarix23.06.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#134514
1   2   3
Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralar hisobi

Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniqlashda:
ularning xarid qiymati;
bojxona bojlari va boshqa soliqlar;
transport-tayyorlov xarajatlari va ularni sotib olish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar hisobga olinadi.
Quyidagilar tovar-moddiy zaxiralar tannarxidan chiqarib tashlanadigan va o‘sha davr xarajati sifatida tan olinadigan xarajatlar hisoblanadi:
a) xomashyo, bajarilgan mehnat yoki boshqa ishlab chiqarish xarajatlarining normativlardan yuqori sarflanishi;
b) saqlash xarajatlari, agarda ular ishlab chiqarish jarayonida keyingi bosqichga o‘tish uchun zarur bo‘lmasa;
v) tovar-moddiy zaxiralarning joriy joylashgan joyi va joriy holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’muriy qo‘shimcha xarajatlar;
g) realizatsiya xarajatlari.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxini hisoblash
Tovar-moddiy zaxiralarning bir-birining o‘rnini bosmaydigan alohida moddalarining tannarxi, shuningdek maxsus loyihalar uchun mo‘ljallangan va ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatlar xarajatlarining maxsus identifikatsiya yo‘li bilan aniqlanishi kerak.
Tashkilot o‘xshash va foydalanish maqsadi bir xil bo‘lgan barcha turdagi tovar-moddiy zaxiralar uchun bir xil hisoblash usulidan foydalanishi kerak.
FIFO usuli birinchi sotib olingan tovar-moddiy zaxiralar birinchi sotilishi va shu asosida davr oxirida qolgan tovar-moddiy zaxiralar yaqinda sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarni nazarda tutadi.
AVECO usuliga ko‘ra har bir moddaning qiymati davr boshidagi o‘xshash moddalarning va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan shunday moddalarning o‘rtacha qiymati orqali aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarajat sifatida tan olish
Tovar-moddiy zaxiralarning sotilishi, almashtirilishi yoki o‘tkazib berilishidan olingan daromad davriga mos ravishda xarajatlar hisobga olinishi kerak.
Agar u bilan bog‘liq daromad mavjud bo‘lmasa, tovarlar o‘tkazib berilganda yoki xizmatlar ko‘rsatilganda xarajat sifatida tan olinadi.
Tovar-moddiy zaxiralarning qisman hisobdan chiqarilish va yo‘qotilish xarajatlari ushbu hisobdan chiqarilish va yo‘qotilish davrida xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Tovar-moddiy zaxiralarning qisman hisobdan chiqarilishining o‘zgarishi amalga oshirilgan davrda xarajat sifatida qabul qilinadi va tovar-moddiy zaxiralar miqdorining kamayishi ko‘rinishida hisobga olinadi.
Ba’zi bir tovar-moddiy zaxiralar (masalan, asosiy vositalarning qismlari sifatida foydalaniladigan tovar-moddiy zaxiralar) boshqa aktivlar hisobiga kiritiladi. Shu ko‘rinishdagi tovar-moddiy zaxiralar mazkur asosiy vositalarning xizmat muddati davomida xarajat sifatida qabul qilinadi.
sotish;
beg‘araz berish;
saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish);
kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin