ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference
8
Buxgalteriya hisobining uzluksizlik prinsipi
byudjet tashkiloti doimiy faoliyat
ko’rsatadigan va noma’lum uzoq muddatgacha o’z faoliyatini davom ettiradigan
bo’lishini hamda buxgalteriya hisobini yuritish muddati byudjet tashkilotining
faoliyat ko’rdsatish muddatiga mos kelishi kerakligini bildiradi.
Xo’jalik operatsiyalarini aktivlarni va passivlarning pulda baholanishi prinsipi
barcha xo’jalik operatsiyalari,hodisalar,aktivlar va passivlar yagona ,bir turdagi
pul bahosida o’lchanilishi kerakligini bildiradi .O’zbekiston Respublikasida milliy
pul o’chovi bo’lib so’m va uning qismi tiyin hisoblanadi.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi prinsipi aktivlar va
majburiyatlarning asosiy baholanishi ularning tannarxi yoki sotib olingan
qiymati bo’lishini nazarda tutadi. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya
hisobi to’g’risida”gi qonuniga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil
etishni tashkilot rahbari amalga oshiradi.Rahbar ichki hisob va hisobot
tizimining ishlab chiqilishini ,xo’jalik operatsiyalarini nazorat qilish
tartibini,to’liq va aniq buxgalteriya hisobi yuritilishini ,hisob hujjatlarining
saqlanishini ,tashqi foydalanuvchilar uchun hisobot tayyorlanishini hamda
hisob-kitoblarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashi shart.
Byudjet tashkilotining rahbari:byudjet tashkilotida buxgalteriya hisobini to;g;ri
yuritilishi uchun zarur shart sharoitlarni yaratishga ;hujjatlarni rasmiylashtirish
,hujjatlarni va ma’lumotlarni hisobga olish uchun taqdim etish masalalari
bo’yicha bosh buxgalterningtalablarini ,hisobga aloqasi bo’lgan tashkilotning
barcha tarkibiy bo’limlari va hodimlari tomonidan bajarilishini ta’minlashga
mas’uldir.Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi “Yo’riqnoma-2169”ga
muvofiq buxgalteriya hisobi yuritishning memorial order shaklida olib
boriladi.Buxgalteriya hisobining tezkorligini va ishonchligini ta’minlash uchun
hujjat ma’lum xo’jalik operatsiyasini tavsiflaydigan ishonchli ma’lumotlarga ega
bo’lishi kerak.Har bir hujjat o’zinign tayinlanishiga to’la javob berishi va yuridik
kuchga ega bo’lishi uchun u ma’lum minimum ko’rsatkichlarga (rekvizitlarga)
ega bo’lishi kerak.Boshlang’ich hujjatning ko’rsatkichlari (rekvizitlar)-bu
hujjatlarda qayd qilingan xo’jalik operatsiyasini tavsiflaydigan va unga yuridik
kuch beradigan ko’rsatkichlardir.Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining
schyotlar rejasi-byudjet tashkilotining operatsiyalarini joriy buxgalteriyac hisobi
uchun tayinlangan va ma’lum tartibda raqamlangan buxgalteriya hisobi uchun
tayinlangan va ma’lum tartibda raqamlangan buxgalteruya hisobining birinchi
va ikkinchi tartibli subschyotlarining tizimga solingan ro’yxatidir.
Xulosa va takliflar.