ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
9
Byudjet mablag’larini kelib tushishi va sarflanishi,
byudjetdan tashqari
mablag’lardan foydalanish, davlat mulki bo’lgan mulkdan, daromadlarni taftish
hamda tekshirish rejali tartibda, rejadan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarida rejali taftish va tekshirishlar
nazorat taftish bosh
boshqarmasi uchun O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri,
nazorat taftish
boshqarmasi uchun esa nazorat taftish bosh boshqarmasi boshlig’i tasdiqlagan
yillik ishlar rejasi asosida amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarida nazoratni
tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha nazorat taftish bosh boshqarmasi va nazorat
taftish boshqarmasi taftishchilar ishi ustidan uslubiy rahbarlik hamda nazoratni
amalga
oshiradi, amaliy yordam ko’rsatadi. Taftish va tekshiruvlarni o’tkazish
muddati, taftish guruhi tarkibi, har bir taftish va
tekshiruvni aniq vazifasidan,
taftish qilinayotgan tashkilotning xususiyatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Pul mablag’lari va moddiy qiymatliklarning buxgalteriya hisobini yuritish
belgilangan
tartibga rioya qilinishi, ularga qoravullikni tashkil etilishi,
korxonadagi propusk tizimi holati, korxona hududidan moddiy qiymatliklarning
olib chiqilishi
va olib kirilishi tekshiriladi; Buxgalteriya hisoboti va balanslarni
hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi, turli xatoliklar hamda qo’shib yozishning
oldini olish, topshiriqlarni bajarish ko’rsatkichlari faktlarini buzib ko’rsatilishi
tekshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgaltetriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni. 2016
y. 13 aprel
2.Ostanaqulov M. Byudjet hisobi. Darslik. – T: Talqin. 2008
3.Ostanaqulov M. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi. O’quv qo’llanma -
T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2009
4.Tuychiev A.J., Ostonokulov A.A., Ibragimov K.Sh., Tursunov A.S.
Byudjet
tashkilotlarida byudjet hisobi. Darslik. – T.: “IQTISOD MOLIYA” 2019.329 b.
5.www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi)
6. www.mf.uz (O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti).