Bug‘latish chanlari. Bug‘latish chanining kommunikatsiyalar sxemasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix09.02.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#83625
  1   2
7-Amalij



7-8-9-Amaliy.Mavzu. 
Isitish yordamida texnologik funksiyalarni 
amalga oshirish (bug‘latish apparatlari, distillyatorlar ) 
apparatlarini xisoblash. 
Reja: 
1. Bug‘latish chanlari. 
2. 
Bug‘latish chanining kommunikatsiyalar sxemasi
 
3. Vakuum-bug‘latish apparatlari 
4. Rossi va Katelli firmasining vakuum-bug‘latish qurilmasi sxemasi 
Bu apparatlar meva pyurelari, murabbo, djem, povidlo, quyultirilgan tomat 
mahsulotlari, quyultrilgan meva va sabzavot konsentratlari ishlab chiqarishda keng 
foydalaniladi. 
Uning bir necha turlari mavjud. 
Bug‘latish chanlari. Tomat-pyure ochiq bug‘latish chanlarida pishiriladi. 
Ularga mahsulotni isitish uchun mis zmeeviklar o‘rnatilgan.
Bug‘latish chanlariga xizmat ko‘rsatish kommunikatsiyalari quyidagi 
quvurlardan iborat (1.79-rasm): yuklash 7; tushirish 11, bug‘ 3; suv 4 (zmeevikka 
suv berish uchun); kondensat 10 (zmeevikdan kondensat va sovutish suvini chiqarib 
yuborish uchun, kondensat ketkazish quvuri oldida aylanma quvur bo‘lib u
kondensat ketkazish quvurini o‘chirish imkonini beradi); suv 9; kanalizatsiya 1 
quvurlari.
Chan yuk tushirish va kanalizatsiya quvurlari bilan umumiy patrubok 
yordamida uch yo‘nalishli kran orqali ulanadi.
Changa tomat massasi quyib turish va massani chandagi sathini doimiy 
balandlikda ushlab turish jarayonini avtomatlashtirish uchun yuklash quvuriga 
ikkilamchi pribor va regulyator 6 orqali bajaruvchi mexanizm 8-ga ta’sir etuvchi 
datchik 2 o‘rnatiladi.
Chandan tomat-pyure tushurib olingandan so‘ng uning ichkarisi suv bilan 
yuviladi. Yuvishdan ilgari tomat qoldiqlari chayilib yo‘qotish kamayishi uchun 
yangi partiya pulpaga qo‘shib yuboriladi. Zmeeviklarda nagar bor-yo‘qligi tekshi-
riladi. Nagar kletchatka, boshqa polisa-xaridlar va oqsil kuyindilaridan iborat 
bo‘ladi. Nagar issiqlik uzatishni keskin yomonlaydi, kulga aylangan zarralar 
mahsulotga qo‘shilib uning rang va ta’mini keskin yomon qiladi. Zmeeviklar 
ustidagi nagar uning ustiga issiq 30-40%-li kaustik soda eritmasi yuborish yo‘li bilan 
ketkiziladi, keyin chan yaxshilab yuviladi va suvlar kanalizatsiyaga oqiziladi. 


1.79-rasm. Bug‘latish chanining kommunikatsiyalar sxemasi
Changa zmeevik ko‘milguncha tomat massasi solinadi. Agar zmeevikni bir 
qismi ochilib qolsa uning usti quriydi va tez orada nagar hosil bo‘ladi.
Tomat massasi issiq (90
0
S) bo‘lishi kerak, bu zmeevikka bug‘ qo‘yilgan 
zahoti qaynashni ta’minlaydi, bug‘latish vaqtida ko‘piklanish bo‘lmaydi. Tomat 
pulpasi tarkibidagi havo pufakchalari uni o‘rab turgan sovuq tomat massasi bilan 
muvozanatda turadi. Isitish natijasida pufakchalar tez suzib yuzaga chiqadi, ko‘pik 
bo‘laklarini hosil qiladi. Agar ko‘pik hosil bo‘lsa operator tomonidan u sovuq suv 
bilan urib yo‘q qilinadi.
Chan to‘ldirilgach zmeevikdan 1 daqiqa davomida o‘tgan safargi pishirishdan 
qolgan suv va havo chiqariladi. Keyin bug‘ ventili to‘liq ochiladi va zmeeviklarga 
0,7-0,9 mPa bosimda bug‘ beriladi.
Bug‘latish davomida changa uzluksiz ravishda pulpa quyilib turiladi, aks 
holda chanda pulpa miqdori kamayib zmeevik yuzasi ochilib qolishi mumkin. Chan 
ichidagi pulpaning konsentratsiyasi talab etiladigan konsentratsiyadan 2-3% kamroq 
bo‘lganda pulpa quyish to‘xtatiladi.
Bug‘latish vaqtida ajralgan suv miqdori W quyidagi formula yordamida 
hisoblanadi 
W = g (1- 
2
1
m
m

bunda g - bug‘latishga kelgan massa miqdori, kg; m
1
, m
2
– massadagi quruq 
moddaning boshlang‘ich va oxirgi miqdori, %.
Mahsulotning kerakli konsentratsiyasiga erishgach bug‘ berish to‘xtatiladi va 
zmeevik yuzasi ochilib unda nagar hosil bo‘lmasligi uchun zmeevikka sovuq suv 
beriladi. Ayni vaqtda pyureni apparatdan tushurish boshlanadi.
15% konsentratsiyali tomat-pyure ishlab chiqqanda bug‘latishning o‘rta 


davomiyligi 25-30 daqiqa, 20%-da 40-50 daqiqani tashkil etadi.
Tomat massasini qaynatganda hosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘lar past bosimda 
ishlaydigan apparatlar va suvlarni isitishda ishlatiladi.
Zmeeviklarni ko‘zdan kechirish va tozalashda ishchilarni xavfsizligini 
ta’minlash maqsadida chan ikkilamchi bug‘larni olib ketish tarmog‘idan ventil 
yordamida ajratilishi kerak. Lyuk-lazlar faqatgina quvurlar ajratilgandan keyin 
ochiladigan holda loyihalashtirilgan. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin