Sellyuloza va qog'oz texnologiyasi o’rni axamiyati
Qog'oz olish uchun tolalarinng uzunligi yetarli darajada bo'lgan o'simlikdan
foydalaniladi. O'simlik tolasiga suv bilan ishlov berilganda bir xil plastik massa – qog'oz
massasi hosil bo'lishi kerak. Qog'oz ishlab chiqarish uchun quyidagi yarim tayyor
mahsulotlar ishlatiladi:
- yog'och massasi yoki sellyuloza;
- bir yillik o'simliklar (somon, qamish, kanop, sholipoya va b.) sellyulozasi;
- yarim tayyor sellyuloza;
- makulatura;
- lattadan tayyorlangan yarim tayyor massa;
- mahsus qog'ozlar uchun asbest, jun va boshqa tolalar.
Qog'oz ishlab chiqarish quyidagi jarayonlardan iborat:
- qog'oz massasini tayyorlash (maydalash va komponentlar bilan aralashtirish,
yelimlash, to'ldiruvchilar qo’shishish va qog'oz massasini bo'yash);
- qog'oz quyish mashinasida massa tayyorlash (suyultirish va massani ifloslardan
tozalash, quyish, presslash va quritish hamda dastlabki pardozlash);
- so'nggi pardozlash (kalandrlash, qirqish);
- saralash va taxlash, o'rash.
Tolalarning maydalik darajasi qog'ozning fizik-mexanik xossalarini ta'minlab beradi.
Maydalash davriy va uzluksiz usullarda olib boriladi (rollarda, konus va disk shaklidagi
tegirmonlarda, rafinyor va boshqa apparatlarda). Yozishga yaroqli, gidrofob xossali qog'oz
olish uchun qog'oz massasiga quyidagi moddalar qo'shiladi: kanifol yelimi, parafin
emulsiyasi, melamin formaldegid qatroni, alyuminiy sulfat tuzi eritmasi va yopishishga
yordam beradigan boshqa moddalar (yelimlash). Tolalar orasidagi bog'larning mexanik
pishiqligi va bikrligini oshirish uchun quyidagi moddalar qo'shiladi: kraxmal va hayvon
28
yelimi. Qog'ozning nam holidagi mustahkamligini oshirish uchun — mochevina- va
melamin formaldegid qatroni (smolasi) qo'shiladi. Qog'ozning oqlik, silliqlik,
yumshoqlik va xiraligini oshirish, matn bosish xossasini yaxshilash maqsadida mineral
qo'shimchalar (kaolin, bo'r, talk, b.)dan foydalaniladi. Rang berish va oqlik darajasini
oshirish uchun anilinli (oz miqdorda mineral) bo'yoq ishlatiladi. Ba'zi turdagi masalan,
shimuvchi va elektrdan himoyalaydigan qog'oz olish uchun u yelimlanmaydi va
to'ldiruvchi qo'shilmaydi. Bir yillik o'simliklardan olingan sellyulozaning oqlik darajasi
yog'och sellyulozaga qaraganda yuqoriroq bo'lganligi sababli oqartiruvchi moddalar bilan
qo'shimcha kimyoviy ishlov berilmaydi. Konsentrasiyasi 2,5— 3,5% li qog'oz massa
tayyorlangach, u nasos yordamida massa tayyorlash bo'limidan aralashtirish havzasiga
uzatiladi va qog'oz quyish mashinasiga beriladi. Qog'oz quyishdan oldin massa 0,1—
0,7% gacha aylanma suv bilan suyultiriladi. So'ngra markazdan qochma kuch bilan
ishlaydigan tozalash apparatlarida — uyurmali va tuguntutkich apparatlari yordamida
tozalanadi.
Qog'oz polotnoni shakllash tekis to'rli qog'oz quyish mashinasida olib boriladi.
Qog’oz quyish mashinasi quyidagi qismlardan tashkil topgan: to'r, press, suvsizlantirish
elementlari, quritish qismlari, kalandr va nakat. Qog'oz massa oqimi harakatlanayotgan
to'r ustiga uzluksiz ravishda beriladi, unda xo'l polotno quyiladi, qisman suvsizlantiriladi
va qog'oz polotno zichlanadi. Navbatdagi suvsizlantirish jarayoni presslash qismida
bajariladi. Bu qismda qog'oz polotno bir necha vallar orasidan siqilib o'tadi va jundan
tayyorlangan sukno (elastik to'shak) yordamida keyingi jarayonga uzatiladi. Yakuniy
suvsizlantirish mashinaning quritish qismida olib boriladi. Quritish silindrlari shaxmat
shaklida joylashgan bo'lib, polotno sukno yordamida navbatma navbat silliq silindrning
sirtiga goh u, goh bu tomoni ta'sirlashishi natijasida quriydi. Quritish silindrlari bug'
yordamida qizdiriladi. Mashinaning oxirgi qismida quruq qog'oz polotnosi tegishli
namlikgacha namlanib, sovutish silindrlarida 30°C gacha sovutilib, ustma-ust joylashgan 5
– 8 ta vallar orasida kalandrlanib, pardozlanadi. Polotno vallar orasida yuqoridan pastga
qarab harakatlanadi, natijada polotno qo'shimcha silliqlanadi, zichlanadi va qalinligi bir
me'yorga keladi. Olingan polotno nakatda rulonga o'raladi.
29
Sellyuloza va uning turlari
Sellyuloza - o'simlik dunyosining qurilish materiali hisoblanadi. Sellyuloza daraxt
va boshqa o'simliklarda katakli devor hosil qiladi. Eng sof tabiiy sellyuloza chigit tuklari
hisoblanadi. Sellyuloza yog'och tarkibida 32% dan 56% gacha mavjud bo'ladi. Igna bargli
daraxt tarkibida 46-54% sellyuloza, oddiy bargli daraxtda 41—45% sellyuloza mavjud.
Sellyuloza paxta momig’i tarkibida ko'p miqdorda uchraydi (quruq massaning 97—99%
igacha).
Quyida β-D-glyukopiranozaning hosil bo'lish sxemasi keltirilgan.
Sellyulozaning empirik formulasi: (C
6
H
10
O
5
)
n
. Zanjirdagi elementar zvenolar soni
(n) o'simlik materialiga qarab har xil (2000 tadan 10000 tagacha) bo'ladi. Polisaxarid
makromolekulasi (β- D-glyukopiranozalarning elementar zvenosidan tashkil topgan
bo'lib, u 1-4 glyukozid bog'lari bilan bog'langan:
30
Daraxt sellyulozasining polimerlanish darajasi 6000 – 14000, paxta sellyulozasiniki
20000 gacha. Sellyuloza gidrolizlanganda D-glyukozagacha gidrolizlanadi:
(C
6
H
10
O
5
)
n
+ H
2
O
nC
6
H
12
0
6
Dostları ilə paylaş: |