33
Sellyuloza ishlatilish sohasiga qarab, uning sifat ko'rsatkichlari bir-biridan farq
qiladi. Sellyulozaning nomi uni olinish usuliga bog'liq. Masalan:
1. Yog'ochdan ko'p miqdorda ajratib olingan sellyuloza
yuqori unumli sellyuloza
deb ataladi. U tolali yarim mahsulot bo'lib, o'simlik tarkibidagi ligninni qisman tozalab
olinadi. Uning texnik sellyulozadan farqi tarkibidagi lignin va gemisellyuloza to'liq
ajratilmaganligidir. Ajratib olingan sellyulozaning miqdori 55 – 58% bo'lsa karton olishda
xom ashyo sifatida ishlatiladi. Sellyuloza miqdori 65 – 72% ga yetganda esa gazeta va
karton ishlab chiqarishda xom ashyoga kompozisiya sifatida qo'shib ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: