35
Bisulfid sellyuloza. Bisulfid sellyulozani
olishda chiqindi kam chiqadi,
mustahkamligi, xiraligi, oqligi sulfid sellyulozasiga qaraganda yuqori.
Ular yaxshi
maydalanadi va suvsizlanadi. Bu sellyulozaning boshqa alohida xususiyatlaridan biri –
yuqori maydalanish xususiyatidir. Bisulfid sellyulozaning xossalari pishirishda
ishlatiladigan ishqoriy eritmaning turiga bog‘liq. Bisulfid sellyulozani
olishda yuqorida
keltirilgan poyalarni ishlatish mumkin. Bunday sellyuloza tara va karton qog‘ozlar
olishda ishlatiladi.
Yarimsellyuloza. Yarimsellyuloza deb yarimmahsulotga aytiladi, tarkibida 65–85 %
ya’ni, texnik sellyuloza bilan mexanik massa oraliq holatidagi sellyuloza. Quyidagi
turdagi yarimsellyulozalar ishlab chiqariladi: sulfat, sulfid, bisulfid va neytral-sulfid.
Ko‘p tarqalgani bisulfid va neytral-sulfid yarimsellyulozalar. Yarimsellyulozalarning
kimyoviy tarkibi 7-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: