41
III. Tajriba qism
3.1.Gruntovka olish uchun xom ashyolar tayyorlash
Gruntovka tayyorlash jarayoni uchun quydagi moddalardan foydalanildi:
Parda hosil qiluvchi; kolloksilin (12,857gm ), Garpius-kanifolning glitserinli efiri (3
gm).
Erituvchilar ; etilatsetat (16,2 gm), ekstrobenzin (5,4 gm), texnik etanol (1,543 gm).
To’ldiruvchilar ; talk (10.5gm), kaolin(10.5gm) , ZnO (15 gm), bor (15 gm).
Plastifikatorlar ; dibutilftolat (4 gm), kanakunjut moyi (1 gm)
Rang beruvchi moddalar ; ZnO (15 gm), qurum (1 ,5 gm)
Yuqoridagi moddalar elektron tarozi yordamida tortib olindi (100 gm gruntovka
tayyorlash uchun gm hisobida).
Birinchi navbatda kukun holidagi homashyolarni oftobda havo harorati 35
o
C
bo’lgan sharoitda quritib olindi (kolloksilin
bundan mastasno,
chunki u portlash
hossasiga ega). So’ngra bu
moddalar xovonchada maydalanib, yirikligi 1,3 mm li
elakdan o’tkazildi. Keyin yana maydalanib 0,277 mm li yiriklikdagi elakdan o’tkazildi.
Kanifolning glitserinli eritmasi (garpius) novvotga o’xshash bo’lib, u 2- 3 mm
katalikkacha maydalandi.
Elakning o’lchami Mir-2 mikroskopida o’lchab olindi. Yorug’lik yaxshi tushadigan
joyga shtativni vertikal holatda joylashtirilib o’lchab olindi. O’lchami katta bo’lgan
elak 1,3 mm, kichigi esa 0,277 mm ekanligi aniqlandi.
Barcha maydalash ishlarini gilazurlangan chinni kosa va nikel
qoshiq yordamida
amalga oshirildi. Gruntovka tayyorlash jarayonida
gruntovka komponentlarini
aralashtirish ishlari og’zi zich berkiladigan idishlarda va
nikel qoshiq yordamida olib
borildi.
Dostları ilə paylaş: