8
oshirish uchun ishlatiladi. Gruntovkalar ishlatishga tayyor holatda ham, ish
joyining o’zida, obyekt qoshidagi koler ustaxonalarida yoki sexida ham
tayyorlanadi. Gruntovkalar to’g’risida keyin yana atroflicha to’xtalamiz.
Gruntovkalarning kimyoviy tarkibi va texnik xususiyatlari.
Gruntovkalar metall yuzalarni zanglash (karoziya) dan, yog’och yuzalarga
qo’llanganda esa chirishdan saqlab, ularga chiroyli ko’rinish beradigan lak-
bo’yoq mahsulotlaridan biridir.
Ular pardozlash qoplamasining pastki qatlamini hosil qiladigan tarkiblar
bo’lib, muhim ahamiyat kasb etadi. Gruntovkalarni yuzalarga surkash
jarayonini gruntovkalash deyiladi. Va bu jarayon lak-bo’yoq sarfi kamayishini
ta’minlaydi.
Gruntovkalarning asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Yuzalarni karoziyalardan saqlash.
2. Bo’yalishi lozim bo’lgan yuzalarni teshikchalarini to’ldirish, tekislash.
3. Asos va keyin surkaladigan lak-bo’yoq qoplamalar orasida yuqori adgeziyani
ta’minlash .
Gruntovkalar yuzalarga odatdagi usullarda (purkash, sepish, tanpon va cho’tka
bilan) surkaladi.
Gruntovkalarga qo’yiladigan talablar
1. Oson surkalishi kerak.
2. Tezda qurishi kerak.
3. Ularning ustiga suyuqliklar surtilganda ularda erib ketmasligi kerak.
4. Yuzalarga yaxshi yopishishi (adgeziya).
5. Harorat o’zgarishlariga chidamli bo’lishi kerak.
Gruntovkalarning tarkibi
Gruntovkalar tarkibida parda hosil qiluvchi (bog’lovchi) moddalar,
erituvchilar, to’ldiruvchilar, plastifikatorlar, smola eritmalri, pigmentlar tarkibiy
qismlar bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: