часть
2
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
719
yana bir muhim jihati bor. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib
javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning yo‘q
qilish va yurtimiz fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog’liq.
Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini kursatadigan bir gap bor: "Har qanday
puch g’oya, uydirma haftasiga uch martadan to’rt yil davomida takrorlansa - "haqiqat"
tayyor bo’ladi, odamlar unga chippa chin ishonadilar". Oxirgi paytlarda informatsion
hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o’zgarganligidan va
qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol
yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga
olinadi. Go‘yo u daydi o’q singari insonni jismonan yo’q qila olmasada, uning qo’poruvchilik
kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg’inlardan kam emas. Chunki bu
qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni o’z manfaatlariga zid
harakat qilishga undaydi va demak insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish
imkonini beradi. Axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi.
Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko’p mehnat, u qadap
ko’p harakat, u qadap ko’p harajat talab etilmaydi. Bunday mafkuraviy hurujlar otishmalar
va qon tukishlarni keltirib chiqarmasada, milliy o’zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga
tanazzulga olib keladi. Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va
boshqa vositalar, insonlar, ayniqsa, yoshlarning milliyligi, tafakkuri va dunyoqarashini
o’zgartirib yubormoqda. Taraqqiy etgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida
jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi va turmush tarzini bir qolipga solish hamda unga o’zlari
shakllantirayotgan «ommaviy madaniyat»ni singdirishi bosh strategik siyosatga
aylantirayotganligida yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda. Internet bugungi axborot
makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Bugun internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i,
balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish
mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Bugungi kunda
milliardlab kishilar u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning
to‘g‘riligini tasdiqlaydi. 50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38
yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo‘lgani holda, bu bosqichni
internet 5 yilda bosib o‘tdi. Internet odamlar ongiga, hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-
atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji
g‘oyaviy va mafkuraviy ta‘sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga
olib keldi. Turli saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar,
ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn
pornografiya ta‘siriga tushishi qayd qilinadi. Shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga
ko‘ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada
zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga
asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin qahramoni o‘z maqsadiga etishish uchun shunday
zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu zo‘ravonlik va yovuzlikning
o‘zi bosh maqsad hisoblanadi. Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‘ziga xos