Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 53
Agar sen qassob bo‘lsang, bizni so'yib tashla, agar sen savdogar bo‘lsang, sotib
yubor, agar podsho bo‘lib kelgan bo‘lsang – bizga baxt ato et!” [2]
Diplomatik yo‘l bilan o‘z ta'sir doirasini kengaytirish usulini Amir Temur o‘z
faoliyatining ikkinchi bosqichi, ya'ni jahongirlik davrida ham keng qo‘llagan. U
ayniqsa, kichik hukmdorlarga jangu jadalga kirishmaslikni, yuqori hokimiyat sifatida
uni tan olgan holda o‘z yurtida avvalgidek hukmronlik qilaverishni tavsiya etgan.
Manbalardan ma'lumki, ko‘p hollarda bu siyosat muvaffaqiyat qozongan.
Amir Temur diplomatiyasiga xos xususiyatlardan yana biri shuki, u raqiblariga
yozgan xatlarida odatda sharqona odob-axloq va asrlar mobaynida qaror topgan
udumlardan chekinmagan.
Amir Temur boshqa hukmdorlarga elchilar yuborar ekan, ularga yuklatilgan
vazifaning ahamiyatiga qarab o‘z nomidan ish ko‘ruvchi bunday odamlarning
e'tiborli, el-yurt ichida tanilgan, aql va zakovatli bo‘lishiga katta e'tibor bergan.
Sohibqiron elchilarni tanlashda g‘oyat ehtiyotkorlik ko‘rsatgan, o‘z a'yonlari ichidan
eng sadoqatli, bilimdon va hushyor kimsalarnigina bu ishga loyiq ko‘rgan.
Mamlakat bo‘ylab shunday tartib o‘rnatilgan ediki, elchilarni yo‘lidagi shahar va
qishloqlarning hokimlari kutib olar, aholi uylaridan gilamlar chiqarib joy solar,
dasturxon yozib mehmonnavozlik ko‘rsatar, tunash uchun munosib joy berar va
yo‘lida davom ettirish uchun ot-ulov bilan ta'minlashar edi. Agarda Amir Temur
kimni biror yerga yuborsa yoki uning qoshiga kimdir kelayotgan bo‘lsa, shu tarzda
kutib olishardi va har kuni yangi ot bilan ta'minlashardi. Bu otlar aholi bor yerlarda
ham, yo‘q yerlarda ham amirning buyrug‘iga ko‘ra tayyor turardi, ularga qaraydigan
odamlar tayinlanardi. Aloqa tizimida o‘rnatilgan bunday muntazam tartib nafaqat
elchilarga qulay sharoit yaratdi, balki Amir Temur bepoyon mulklarining har
chekkasidan xabardor bo‘lib turardi.
Amir Temur buyrug‘i bilan Ispaniya elchilarining Xitoy elchisidan yuqori
o‘tqazilishi misolida bu davlatning tashqi siyosati yorqin ifoda topadi. Bu omil Amir
Temurning yangi-yangi davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga katta ahamiyat
berganini ko‘rsatsa, Xitoy bilan aloqalarning tarangligini ham namoyish etar edi.
Demak, elchilarni qabul qilish marosimini davlatlararo aloqalarning xarakteri aks
etgan ko‘zgu deb atasa ham bo‘ladi.
Amir Temur o‘zaro savdo aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun turli mamlakatlarga
o‘z elchilarini yuborar edi. U o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, va madaniy aloqalarni
yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga qat’iyat bilan yondashdi. Masalan, u savdo
aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun Xitoy imperiyasiga 8 marta o‘z elchilarini yubordi.
Uning saroyi turli davlatlardan kelgan elchilar bilan to‘la edi. [5]
Amir Temur diplomatiyasida davlatlarning o‘zaro xat almashinuvi muhim
ahamiyat kasb etar edi. Masalan, Amir Temur va Boyazid Yildirim o‘rtasidagi xat
almashinuvlari o‘ta keskinligi bilan ajralib turadi. Chunki ikki buyuk davlat