Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 52
Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar
oʻrtasidagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat
Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa
qoʻshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik
qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatdi. Tarixshunos
S.R.Moralez “The Diplomat in Spain” gazetasining internet saytida chiqargan
maqolasida quyidagilarni bayon qilgan:
“O‘zbek diplomatiyasi haqiqatdan chuqur tarixiy ildizga ega. Ayniqsa,
Sohibqiron Amir Temur davriga kelib, Yevropa davlatlari bilan hamkorlik aloqalari
yanada rivojlana bordi. O‘zbek xalqi bu yil Amir Temur tavalludining 679-yilligini
nishonlamoqda. Temur kabi sohibqironning tug‘ilishi nafaqat o‘sha zaminda, balki
butun Yevropa va Osiyo davlatlarining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida tub
burilish sodir etdi” [3]
Amir Temur umrining ko‘p qismini jangu jadallarda o‘tkazdi. Yangi hududlarni
egallagan va o‘lkalarni dushman tasarrufidan ozod qilganda, shu yerlarni obod qildi,
shu bilan bir qatorda, dastavval kuch ishlatmasdan sulh tuzish yo‘li bilan chora
ko‘rdi. Bu uning diplomatiyasidagi o‘ziga xos xususiyat hisoblanadi. Nizolarni kuch
ishlatmasdan hal qilish hozirgi zamon diplomatik munosabatlarining asosiy tamoyili
hamdir. Islom Karimov ham “elchilarning yutug‘i urushni boshlamasidan turib uni
yutishda” deb aytgan so‘zlari Amir Temurning diplomatik hislatini namoyon qiladi.
[1] Shu bilan bir qatorda, Amir Temur o‘zining “Tuzuklari”da “qaysi ishni chora-yu
tadbir bilan bitirishning iloji bo‘lsa, unda qilich ishlatmadim” degan so‘zlari fikrimiz
dalilidir. [4]
Bundan tashqari, qaysi mamlakatni zabt etgan bo‘lsa, ularning odamlariga katta
ehtirom ko‘rsatdi va ular uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. U o‘z “Tuzuklari”da
shunday deb yozadi: “Qaysi mamlakatni zabt etgan bo‘lsam, o‘sha yerning obro‘-
e’tiborlik kishilarini aziz tutdim, sayidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyihlariga
ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga suyurg‘ol vazifalar in’om etib,
maoshlarini belgiladim, o‘sha viloyatning ulug‘larini bo‘lsa, o‘z farzandlarimdek
ko‘rdim. Mazkur mamlakatlarning sipohlari uchun dargohim eshigi ochiq edi.
Hammani qo‘rquv va umid orasida saqladim”. [4] Islom Karimov ham Amir
Temurning bunday diplomatik hislatlari va mahoratini yuqori baholab, o‘zining
“O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida u haqidagi bir rivoyatni
misol keltirib, uning diplomatik qobiliyatini e’tirof etdi: “Amir Temur yarim jahonni
zabt etib, olis o'rmon qabilalariga borib yetibdi, xullas, ularni ham o'ziga
bo'ysundiribdi. Qaysar va jangari, ozod va samimiy bu qabila boshlig‘i chorasizlik
tufayli Temurga qurollarini topshirar ekan, quyidagi gaplarni aytibdi: «Ey, Temur!
Sen bizni qurol kuchi bilan yenga olding. Biroq senga aytadigan shartlarimiz bor.