Bugungi kundagi ahamiyati


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix20.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#118280
1   2   3   4
amir-temur-diplomatiyasining-oziga-xos-xususiyatlari-va-bugungi-kundagi-ahamiyati

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
54 
arboblarining xatlarida o‘zaro diplomatik muzokaralarni o‘tkazish haqida emas, balki 
ikki qudratli raqibning yakkama-yakka kuch sinashishga da’vatidan iborat bo‘lgan. 
Xususan, Boyazid o‘z xatida Amir Temurni zudlik bilan huzuriga yetib kelishini 
talab qilib, Sohibqiron sha’niga nomunosib so‘zlarni aytgan. Amir Temur esa bunday 
haqoratomuz munosabatga qaramay, Boyazidning elchilarini yaxshi nasihatlar bilan 
tinch-omon qo‘yib yuborgan. Amir Temurning Boyazidning haqoratlariga haqiqiy 
diplomat singari javob qaytarishi uning yozgan xatlaridan ham ma’lum edi: “Agar 
samimiy salomingiz va go‘zal ifodalar aks etgan maktub yuborsangiz har ikki 
tomonda ham biroz iliqlik va hurmat paydo bo‘ladi. Aks holda, qalamlar o‘z ishini 
qilichga topshiradi” [6] 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Amir Temurning diplomatiyasining 
asosiy xususiyati shundan iboratki, diplomatiyaning Sharq madaniyati bilan 
uyg‘unlashganidir. Undagi har bir harakat millatning an’ana, manfaat va 
qadriyatlariga binoan amalga oshirilgan. Hozirgi Sharq mamlakatlarida amalga 
oshirilayotgan diplomatik munosabatlarning Amir Temur diplomatiyasi bilan 
o‘xshashligini payqash qiyin emas. Elchiga ko‘rsatilayotgan hurmatdan tortib, to 
xorijiy 
mamlakatlarning 
oddiy 
vakillariga 
ko‘rsatiladigan 
ehtirom 
Sharq 
diplomatiyasi, ayniqsa, Amir Temur diplomatiyasining asosini tashkil etadi. Bu kabi 
xususiyatlar O‘zbekistonning hozirda olib borayotgan, tinchlik va o‘zaro hamkorlikni 
ilgari suruvchi, xavfsizlik va totuvlik kabi qadriyatlar bilan sug‘orilgan hamda boshqa 
davlatlarning qarorlarini hurmat qilish, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish kabi 
g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan diplomatik aloqalarining asosiy mezonlaridir. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va kelajagi yo‘lida xizmat – eng 
oliy saodatdir. – T: O‘zbekiston, 2015. 300-301-betlar. 
2. 
Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T: 
O‘zbekiston, 2011. 13-bet. 
3. 
Moralez S.R. Ruy González de Clavijo, un madrileño en el reino del 
Gran Tamerlán. “The Diplomats in Spain” gazetasining internet sayti, 2015. Veb: 
http://thediplomatinspain.com/ruy-gonzalez-de-clavijo-un-madrileno-en-el-reino-del-
gran-tamerlan/ 
4. 
A. Sog‘uniy, H. Karomatov. Temur Tuzuklari. Forschadan tarjima. – T.: 
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991. 
5. 
Xo‘jayev A. Buyuk ipak yo‘li: munosabatlar va taqdirlar. – Toshkent: 
O‘zME, 2010. 199-bet. 
6. 
Rahimboyev A. Amir Temur va Yildirim Boyazid orasidagi 
maktublashuv. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin