Таянч сўзлар: узоқ муддатли, қисқа муддатли кредитлар, қарзлар, кредитор қарзларc
12. Хўжалик муомалалари таъсири остида балансда руй берадиган ўзгаришлар.
Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar
HarHar bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi.
Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.
Тo’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi
13. Бухгалтерия ҳисоб варақалари ва уларнинг тузилиши.
13_14____
Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” bo‘limlaridagi hisobvaraqlar va “Balansdan tashqari hisobvaraqlar” bo‘limlaridagi balansdan tashqari hisobvaraqlar, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Xususiy kapital” va “Daromadlar” bo‘limlaridagi hisobvaraqlar taalluqli hisoblanadi.
10. Aktivlarning haqiqiy qiymatini aks ettirish uchun “Aktivlar” bo‘limiga kontr-aktiv hisobvaraqlar, majburiyatlarning haqiqiy qiymatini aks ettirish uchun “Majburiyatlar” bo‘limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritiladi.
11. “Balansdan tashqari hisobvaraqlar” bo‘limiga moliyaviy operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv usuli bo‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarning to‘g‘riligini qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritiladi.
14.Актив ва пассив ҳисобварақлар.
Таянч сузлар: актив ҳисоб-варақларнинг тархий шакли пассив ҳисоб-варақларнинг тархий шакли, ҳисоб-варақ обороти, сальдо.
15. Ҳисоб варақаларда хўжалик операцияларини иккиёқлама ёзиш.
Таянч сўзлар: иккиёқлама ёзув, оддий проводка, ҳисоб варақлар корреспондецияси, .
16. Синтетик ва аналитик ҳисоб.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘larning holati turli tuman bo‘lib, ularni to‘liqligini nazorat qilish buxgalteriya hisobi zimmasidadir. Mablag‘lami turlari bo‘yicha hisobga olishda buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Har bir schyot bir turli
mablag‘lar harakatini hisobga olish uchun belgilangandir Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mablag‘larini to4liqligini, undan samarali foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va anaiitik hisob schyotlaridan foydalanadi. Sintetik schyotlar deb,
xo‘jalik mablag‘lari harakatini va ular tashkil topish manbalari holati haqidagi ma’lumotlami umumlashtirib, pul o‘lchov biriligida aks ettiriladigan schyotlar tizimiga aytiladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa, sintetik hisob deb ataladi.
Anaiitik (tahliliy) hisob schyotlari esa xo‘jalik mablag‘lari va
ularning manbalari haqidagi ma’lumotlarni alohida turlari bo‘yicha, aniq
ko‘rsatkichlar orqali ifodalaydi. Ya’ni, sintetik schyotlardagi yozuvlami
turlari bo‘yicha tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganuvchi schyotlar anaiitik
schyotlar deb aytiladi.
17. Бухгалтерия ҳисобининг ҳисобварақалар режаси.
Таянч сўзлар: 21- БХМА, умумий қоидалар, амал қилиш соҳаси, кучга кириш санаси, счётлар режасининг асосий бўлимлари.
18. Бухгалтерия ҳисобида баҳолаш .
Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun xalq xo‘jaligi miqyosida ham kattadir.
Baholash – xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir.
Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajmjihatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir.
Buxgalteriya hisobi haqida»gi Qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi:
Haqiqiy tannarxda – keltirish yoki ishlab chiqarish tannarxi.
Bozor bahosida – sotish sof qiymati.
19. Калькуляциянинг мақсади ва вазифалари.
Kalkulyatsiya-tannarxni aniqlash demakdir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilari hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan: ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. Shuningdek, savdo korxonalaridagi muomala harajatlari, moddalari, summalarini tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlashda ham Kalkulyatsiyadan foydalaniladi.Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liqlikdadir. Umuman, e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikdadir.Kalkulyatsiya usulini schyotlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, Kalkulyatsiya qilinishi talab etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq harajatlar tegishli schyotlarda aks ettirilganligidir.Baholash bilan Kalkulyatsiyaning bog‘liqligi shundaki, Kalkulyatsiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash ko‘rinishida hisobga olinadi.
20. Асосий хўжалик жараёнларининг ҳисоби.
Тurli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o’z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o’tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o’rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko’rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo’shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo’ladi.
21. Таъминот жарёни ҳисоби.
Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat:
Ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyuumlarining miqdori va turi haqidagi haqiqiy ma’lumotni beradi. Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari haqidagi ushbu ma’lumotlari yordamida, ularni har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni ko‘rsatgichlari umumiy bajarilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Qabul qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxini hisoblash. Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan korxonaning haqiqatdagi xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan mehnat buyumlari tannarxining ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy xajmini, balki xarajatlar alohida turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi.
22. Сотиш(реализация) жараёни.
Mulkchilikning turli shakllarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatida realizatsiya (sotish) jarayoni asosiy jarayon hisoblanadi, chunki har qaysi mulkdor ishlab chiqarilgan mahsulotini sotishdangina daromad manbayini shakllantiradi.
Realizatsiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, birinchidan, bozor muvozanatiga o‘z ta’sirini o‘tkazsa, ikkinchidan, boshqa jarayonlar faoliyatining bir me’yorda olib borilishini ta’minlash uchun asos yaratadi. Bu jarayonda tejamkorlik, mahsulot sifati, talab va taklif, baho asosiy omillardan hisoblanib, har bir omil jarayon faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazib boradi.
Realizatsiya jarayonining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu jarayonda mahsulotni sotish va sotib olish baholari namoyon bo‘ladi.
Realizatsiya jarayoni quyidagi schotlarda o‘z ifodasini topadi:
„mahsulot (ish, xizmat)larni sotish“ schoti;
„davr xarajatlari“ schoti;
„olinadigan hisobvaraqlar“ schoti;
„foyda va zararlar“ schoti;
„budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik“ schoti.
23. Бухгалтерия ҳужжатлари ва уларнинг моҳияти.