Таянч сўзлар: ҳужжатлаштириш, ҳужжатларнинг туркумланиши, ҳужжат реквизити, ҳужжатларнинг айланиши.
24.Ҳужжатларнинг туркумланиши.
Korxona, tashkilot buxgalteriyasida hujjatlar juda ko’p ishlatiladi. Ularning mazmuni
va xususiyatlarini bilish uchun turkumlarga ajratish kerak. Buxgalteriya hujjatlarini bajaridigan vazifalariga, to’zilish joyiga va tartibiga hamda kanchalik operatsiyani aks ettirishiga qarab turkumlash mumkin.
Buxgalteriya hisobida bajaradigan vazifalariga kura ular quyidagi guruhlarga bo’linadi.
1. Farmoyish hujjatlari.
2. Tasdiqlovchi hujjatlar.
3. Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar.
4. Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari.
25.Бухгалтерия ҳисоби ҳужжатларида хатоларни тўғрилаш.
Buxgalteriya hisob registrlarida ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin.
Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi mumkin.
Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.
Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.
Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki kam yozilgan.
Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi.
Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud:
«Korrektura» usuli.
«Qizil storno» usuli.
«Qo‘shimcha yozuv» usuli.
26.Инвертаризация ва унинг моҳияти.
.Inventarizatsiya korxona mablag'ini tekshirib, ro'yxatga olish va
olingan ma’lumotlami hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash demakdir.
Yoki inventarizatsiya xo'jalik mablag'lari va ularning tashkil topish
manbalari, xo'jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobi hujjatlariga asosan
qayta ro'yxatdan o'tkazishdir.
Korxonalarda asosan 1- oktabrdan keyin inventarizatsiya o'tkaziladi,
bunga sabab yillik hisobot ma’lumotlari haqiqiyligini ta’minlashdir.
Ammo quyidagi holatlarga ham e’tibomi qaratmoq zarur: kutubxona
fondlari 5 yilda bir marta, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir marta,
oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har
oyda inventarizatsiya qilinadi.Buxgalteriya hisobida uning ma’lumotlari to‘g‘riligini, korxona aktivlarining haqiqiy holatini, moddiy javobgar shaxslarning o’z funksiyalarini sidqidildan, vijdonan bajarayotganligini, mulkning talon-taroj qilinmaganligini bilish maqsadida „inventarizatsiya" nomini olgan usul ishlatiladi.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi obyektlarini inventarizatsiya qilish tartibi maxsus 19-son BHMS „Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish" bilan reglamentlashtirilgan. Ushbu standartga muvofiq inventarizatsiyaning quyidagi turlari mavjud:
Rejali inventarizatsiya — bu korxonaning moddiy javobgar shaxslarni navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqarish rejasiga ko‘ra o‘tkaziladigan inventarizatsiya.
27.Инвентаризация ўтказиш тартиби.
Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik ularning hamma
faoliyatlarida o'z aksini topmoqda. Shular jumlasidan, inventarizatsiya
o'tkazish muddati va obyekti ko'rsatilgan ro'yxat ham korxona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yU boshiga tuziladi. Bu ro'yxatga
binoan, korxonada doimo amaliyotda bo'ladigan inventarizatsiya
komissiya a’zolari tarkibi ham tuzilgan bo'ladi. Yuqoridagi ma’lumotlar
aks ettirilgan inventarizatsiya o'tkazish ro'yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Inventarizatsiya o'tkazish haqidagi ro'yxat bo'yicha
amalga oshiriladigan inventarizatsiya rejali hisoblanadi.
Rejasiz inventarizatsiya esa quyidagi hollarda o'tkaziladi:
1) moddiy javobgar shaxs o'zgarganda;
2) moddiy javobgarlikning brigada usulida;
a) 50 % brigada a’zolari o'zgaiganida;
b) brigada boshlig'i o'zgarganida;
3) yong‘in, tabiiy ofatlar ro‘y berganda, ular tugatilgan zahoti;
4) o‘g‘irlik haqida ma’lumot olingan zahoti;
5) mulkchilik shakli o'zgarganda;
6) inventarizatsiya o‘tkazilishi haqida moddiy javobgarlik brigada
a’zolaridan ariza olinganda;
7) boyliklar buzilishi aniqlanganda;
8) boyliklar qayta baholanishi amalga oshirilganda;
9) asosiy vositalar ijarasi ro‘y berganda (asosiy vositalar inventarizatsiyasi);
10) korxona tugatilayotganda.
Inventarizatsiyani yuqoridagi o‘tkazish tartibiga ko‘ra turga bo'lishdan tashqari, quyidagi xususiyatiga qarab ham turga ajratish mumkin.
Mablag‘laming qancha qismini inventarizatsiya qilishiga ko‘ra ikki xil
bo‘ladi:
— to'liq;
— qisman.
28.Инвентаризация натижаларини расмийлаштириш.
Solishtirma qaydnoma asosiy vositalar inventarizatsiya natijalarini
rasmiylashtirishda qo'llanib, bir nusxada to'ldiriladi va buxgalteriyada
belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Solishtirma qaydnoma hisob ma’lumotlaridan chetlashishlar aniqlangan tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun qo'llaniladi. Ushbu solishtirma qaydnoma ham bir nusxada rasmiylashtirilib, buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saqlanadi.
29.Бухгалтерия ҳисобининг регистрлари ва уларнинг аҳамияти.
Buxgalteriya hisobi registrlari — jurnallar, vedomostlar, kitoblar va
tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki,
ularga schyotlarda tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi,
oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag'lari hamda
ularning tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib
boriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxonalaming balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlaming nechog‘lik o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘zi uchun, balki uning balans hamda hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli
ekan.
30.Бухгалтерия ҳисобининг регистрлари.
Таянч сўзлар: регистр, карточкалар, йиғма қайдномалар, гуруҳловчи қайдномалар, айланма қайднома, шахматли қайднома.
Hisob registrlari «registrasiya» so‘zidan olingan bo'lib, buxgalteriya hisobi yozuvlarini ro‘yxatga oluvchi hujjatlar degan ma’noni anglatadi.Kartochkalar, asosan xo'jalik mablag1 larining analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. Kartochkalaming kontokorrekt, ko‘p ustunli va boshqa turlari mavjud.Kontokorrekt kartochka shakli pul o'lchovi (qiymat)da hisobi yuritiladigan xo'jalik jarayonlarini har bir schyotning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va har bir oy oxirida schyotlar bo'yicha oborotlarni aniqlashda asos bo'ladi.Kartochkalar maxsus kartotekalarda saqlanadi. Kartotekaga kartochkalar joylashtirilayotganda moddiy javobgarligi joylangan o‘mi va
boshqa xususiyatlariga ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda qo'yiladi.
Регистрнинг икки томонлама шаклида ёзувлар алохида: чапда кандайдир маблагларнинг кирими, унгда — чикими буйича амалга оширилади. Ёзувларни бундай ажратиш, бир томондан, кирим буйича хам, чиким буйича хам айланмани хисоблаш мумкинлиги сабабли кулайдир, лекинбошка томондан, чиким буйича ёзувлар кирим буйича ёзувлардан купрок, булиши мумкин.
Регистрнинг шахматли шаклида горизонтал буйича дебетланадш'ан хисобваракдар,вертикал буйича эса-кредитланадиган хисобваракдар жойлашади.
31.Бухгалтерия ҳисоби шакллари.
Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo'linadi:
1. « Memo rial-order» shakli.
2. «Bosh daftar» shakli.
3. «Jurnal order» shakli.
4. «Elektron-avtomatlashtirilgan» shakl
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli hozirgi vaqtda kam foydalanib asosan, kichik korxonalarda va davlat muassasalarida qo‘llaniladi. «Memorial» so'zining ma’nosi «Xotira yoki esdalik» demakdir.Memorial-order shakli asosida yuritiladigan buxgalteriya hisobi shaklida hujjatlar qayta ishlanishi va hisob registirlarida aks ettirilishi ketma-ketligi keltirilgan.
Bosh daftar.Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schyotlar kam qo'llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir.Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoUyati doirasi katta bo'hnaganligi sababli, qo'llaniladigan sintetik schyotlar miqdori ham kam bo'ladi.
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv hamda xodimlar soni va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini tanlaydilarBosh daftar shaklida ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish mumkin:1. Bosh daftar.2. Hisob obektlari hisob vedomosti.
Jurnal order.Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasiga muvofiq ravishda buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli namunali ravishda ishlab chiqildi. Buning natijasida xo'jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi prinsiplariga o'zgarishlar kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar buxgalteriya hisobining memorial-order shakli qo'llanilib kelardi.Buxgalteriya hisobining «Jurnal-order» shakli boshlang'ich xo'jalik jarayoni ma’lumotlarini guruhlab jamlash prinsipiga asoslangan.
Elektron-avtomatlashtitilgan.Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini qo'llashga asoslangan.Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ulami xo'jalikning hamma sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir.
32.Бухгалтерия ҳисобининг мемориал ордер шакли.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli hozirgi vaqtda kam foydalanib asosan, kichik korxonalarda va davlat muassasalarida qo‘llaniladi. «Memorial» so'zining ma’nosi «Xotira yoki esdalik» demakdir.Memorial-order shakli asosida yuritiladigan buxgalteriya hisobi shaklida hujjatlar qayta ishlanishi va hisob registirlarida aks ettirilishi ketma-ketligi keltirilgan.Ushbu buxgalteriya hisob shaklini o‘ziga xos xususiyati shundaki, xo'jalik jarayonlarini yozish uchun sintetik va analitik hisob uchun maxsus jamg‘arma aylanma vedomostlardan foydalanadi.
33Бухгалтерия ҳисобининг журнал ордер шакли.
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasiga muvofiq ravishda buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli namunali ravishda ishlab chiqildi. Buning natijasida xo'jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi prinsiplariga o'zgarishlar kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar buxgalteriya hisobining memorial-order shakli qo'llanilib kelardi.Buxgalteriya hisobining «Jurnal-order» shakli boshlang'ich xo'jalik jarayoni ma’lumotlarini guruhlab jamlash prinsipiga asoslangan. Bu jamlashda buxgalteriya hisobi hamma bo'limlari bo'yicha xo'jalik mulklari va jarayonlarini sintetik hamda analitik hisobi ta’minlanadi.
34.Информацион технологияларга асосланган бухгалтерия ҳисоби шакли.
Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini qo'llashga asoslangan.Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ulami xo'jalikning hamma sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir.Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samaradorligini oshirish maqsadida hisob ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya hisobining «Elektron-avtomatlashtirilgan» shakli vujudga keldi.
35.Бухгалтерия ҳисоботи ва унинг моҳияти.
Ma’lum bir davrga hisob ko'rsatkichlarini umumlashtirish hisobot deb atalib, unda korxona moliya xo‘jalik faoliyatining natijasi va ma’lum bir davrga reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi buxgalteriya, statistik va operativ-texnika hisobi ma’iumotlariga asoslanib tuziladi.Hisobot shakllarida bunday ko‘rsatkichlarning bo‘lishi, korxona moliya xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish asosida faqat u yoki bu korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasiga baho berilibgina qolmasdan, balki xo‘jahkning ayrim tarmoqlari ish natijasiga ham baho berish mumkin. Hisobot ma’lumotlarini o‘rganish korxonada mavjud bo'lgan ichki imkoniyatlarai aniqlash va ulaming ishga solish imkoniyatini ham beradi.Hisobot ko‘rsatkichlari kelgusi yillar rejalarini tuzish uchun asos bo‘lib ham xizmat qiladi, chunki kelajak rejalarini tuzish uchun mavjud imkoniyatlami bilish muhim ahamiyatga egadir, bunday ma’lumotlar hisobotda mavjud bo‘lib, u yana joriy hisobotlaming tashkil qilinishiga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Hisobotdan korxona rahbarlari, xo‘jalikni boshqarishning barcha tashkilotiari va tashqi, foydalanuvchilar (investorlar, aksiyadorlar) tomonidan to‘g‘ri foydalanilishi uchun u quyidagi asosiy talablaiga javob berishi kerak:
1. Korxona ishini aniq, to‘g‘ri va oddiy qilib aks ettirish.
2.0 ‘z vaqtida tuzish va tegishli tashkilotlaiga kechiktirmasdan topshirish.
3. Hisobot ko‘rsatkichl arming reja ko‘rsatkichlariga moslashganligini
aks ettirish va ularni taqqoslash.
Iqtisodiy mazmuni va hisobot ko'rsatkichlarini olish manbayiga ko'ra hisobotning quyidagi ikki turi mavjud:
1. Buxgalteriya hisoboti.
2. Statistika hisoboti.
Buxgalteriya hisobotida asosan umumiy ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. Masalan, korxona mablag'lari, balans foydasi va hokazolar.
Statistika hisoboti esa absolut miqdorlar bilan birga nisbiy va o'rta miqdorlar haqida ma’lumot beradi. Masalan, foizlaming o‘sish darajasi, o'rtacha daraja u yoki bu ko‘rsatkichlarning o‘sish yoki pasayish dinamikasi va boshqalar.
36.Ҳисобот турлари ва уларнинг мазмуни.
Ichki Buxgalteriya hisoboti korxona va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tahlil etish hamda boshqarishga xizmat qiladi. Tashqi Buxgalteriya hisoboti korxonaning moliyaviy holati haqida axborotlar oladigan boshqaruv hamda nazorat idoralariga beriladi.
Buxgalteriya hisoboti xo'jalik faoliyati haqidagi asosiy ta’minot manbayidir. U birinchidan, korxonaning o'ziga kerakdir. Ikkinchidan korxonada ishlamaydigan shaxslarga (aksiyadorlik ja’miyatlarida), ya’ni o‘z mablag'ini ulush sifatida qo'ygan aksiyadorlar va boshqa kreditorlarga zarur. Uchinchidan, hisobot davlatning soliq va boshqa
organlariga kerak.
Statistika hisoboti o'z oldiga xarajatlar jarayoni ustidan umumiy nazoratni amalga oshirishni qo'yadi. Statistika ayrim olingan korxonaga mustaqil obyekt emas, balki butun xo'jalikning bir qismi deb qaraydi. Statistika hisoboti hudud, tarmoq bo'yicha ma’lum bir ko'rsatkichlarning bajarilishini nazorat qilib, ular to'g'risida ma’lumot beradi. Shung qarab, statistika hisoboti shakllanib boradi.
37.Бухгалтерия ҳисоботини тузиш тартиби.
Buxgalteriya hisoboti shakllarida hamma ko'rsatib o'tilgan ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. U yoki bu modda (qator) to'ldirilmagan holda, agar ular korxonada tegishli aktivlar, passivlar, jarayonlar yo'q bo'lmagan, ishlatilmagan bo'lsa, tegishli qatorga chizib qo'yiladi.Shakllar manzil qismi quyidagi tartibda to'ldiriladi:
«Korxona» rekviziti — korxonaning to'liq nomi o'rnatilgan tartibda ro'yxatdan o'tkazilib, tasdiqlangan hujjatlar asosida ko'rsatiladi va uning kodi korxona hamda tashkilotlar umumittifoq guruhlashishiga (klassifikator) asosan ko'rsatiladi (OKPO).
Rekvizit. Tarmoq (faoliyat turi) — tarmoq (ft) va uning kodi umumittifoq xo'jalik tarmoqlar, guruhlashishiga (OKONX) ko'rsatiladi.
Rekvizit. «Davlat mulkchiligining boshqaruvchi tashkilot» — bunda davlat yoki munisipial korxona tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi (agar bor bo'lsa) va buxgalteriya hisoboti topshirilayotgan tashkilot ko'rsatiladi.
Rekvizit «Nazorat summasi» — korxonalar tomonidan to'ldirilmaydi.
Buxgalteriya hisobotini tuzishda hisob vaqti bo'lib, hisobot davri so'nggi kalendar kuni hisoblanadi.
Buxgalteriya hisoboti va balansida hech qanday tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Xatolar tuzatilgan holda, hisobot va balansga imzo chekkan shaxs, tuzatilgan muddatni ko‘rsatib, tegishli so'zlarni yozadi.Hisobot ma’lumotlarining joriy yilda shuningdek, o'tgan yildagilarida (ular tasdiqlangandan so‘ng) xatoliklar aniqlansa, hisobotda tuzatiladi,tuzatishlar hisobot davri ma’lumotlariga ham kiritiladi (choraklik, yil boshidan).Korxonalar yillik Buxgalteriya hisoboti ni yakunlangan yildan keyin 15-fevraldan (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar 1-martdan), choraklik Buxgalteriya hisoboti ni chorak tugagach, 25 kundan kechikmay mulk egalariga, korxona joylashgan hududdagi davlat statistika idoralariga, davlat soliq inspeksiyalariga va boshqa davlat organlariga topshirishlari shart.
38.Бош бухгалтернинг бурчи хуқуқлари.
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishining ro‘yxati asosida ishlaming o‘z vaqtida bajarilishini bosh buxgalter nazorat qilib boradi.Bosh buxgalter o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun har bir xodim o‘z vazifalari doirasini bilishi va ularning bajarilishi uchun javobgar bo‘lishi uchun xizmat vazifalarini belgilaydi. Buxgalteriya hisobi, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va yuritish bo'yicha boshqa bo'linmalar va xizmatlarning xodimlari bosh buxgalterga bo'ysunadilar.Bosh buxgalterning operatsiyalarni rasmiylashtirish va zarur hujjatlar va ma'lumotlarni buxgalteriya bo'limiga yoki kompyuter qurilmalariga taqdim etish tartibi bo'yicha talablari birlashma, korxona, tashkilot, muassasaning barcha bo'limlari va xizmatlari uchun majburiydir.
39.Ҳисоб юритиш сиёсати.
Korxonaning hisob yuritish siyosati bosh buxgalter tomonidan ishlab chiqiladi va rahbar buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.Ushbu standartdagi asosiy tamoyillar №1-«Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli BHMSda ham keltirilgan. Bular:uzluksizlik, doimiylik, daromadlarb va xarajatlarni jamlash,ehtiyotkorlik,mazmunning shakldan ustunligi, muhimlik. Hisobotlar aksiyadorlar, kreditorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli va ravshan bo‘lishi lozim.
40.Бухгалтерия ҳисобининг турлари.