Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi magistranti Z.O.Latipovaning “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” fanidan “Erkaklar kiyimlari haqida ma’lumot. Ularga gazlama va fason tanlash” mavzusida tayyorlagan ochiq dars ishlanmasiga TAQRIZ Mamlakatimizda bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimining uzviyligini ta’minlash, ta’lim muassasalarini modernizatsiyalash, yuqori malakali, yuksak kasbiy, ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda talabalarda bilimlarni mustaqil egallash va muammoni mustaqil ravishda hal etishda ijodiy yondashish qobilyatlari ham shakllanishi kerak. Ochiq dars mashg‘uloti uchun talabalarning kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur hisoblangan hamda kasbiy kompetentligi, ijodkorligi va kreativligini rivojlantirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan “Erkaklar kiyimlari haqida ma’lumot. Ularga gazlama va fason tanlash” mavzusi tanlangan bo‘lib, dars ishlanmasi interfaol ta’lim texnologiyalar asosida tuzilgan. Ushbu dars mashg‘uloti ishlanmasi 13 betdan iborat, tarkibida mavzuga doir chizmalar, asosiy formula, mavzuga oid nazorat savollari, ko‘rgazmali interfaol metodlar, internet ma’lumotlari keltirilgan.
Amaliy mashg‘ulot dars ishlanmasida erkaklar kiyimlari to‘g‘risida, erkaklar kiyimlariga qo’yiladigan talablar, ular uchun tanlanadigan matolar bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan
Dars mashg‘uloti uchun tayyorlangan taqdimot pegadogik talablarga mos keladi. Taqdimotda ham mashg‘ulot mavzusi tizimli ravishda yoritilgan. Turli xildagi erkaklar kiyimlari namuna sifatida keltirilgan, mavzuga oid tayyor tikilgan namunalar ham mavjud.
Ochiq dars mashg‘uloti ishlanmasida vaqt taqsimotiga to‘laqonli ravishda e’tibor berilgan. Vaqt dars bosqichlariga mos ravishda taqsimlangan.
Mazkur ochiq dars ishlanmasida o‘tgan mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob metodidan, yangi mavzuni bayon qilish va mustahkamlash uchun esa talabalarni ijodkorlik va fikrlashga undaydigan “Domino”, “Sirli surat”, “Pantomima” metodlaridan samarali foydalanilgan. “Domino” metodi dars jarayonida qo‘llaniladi va talabalar bilan birgalikda ishlandi. Har bir metod uchun ko‘rgazmali qurollar tayyorlangan.
Ochiq dars ishlanmasi belgilangan talablarga to‘la javob beradi.
Ochiq dars ishlanmasini ijobiy deb baholayman.
Turon Zarmed Universiteti Pedagogik ta’lim va va sport fakulteti Boshlang‘ich ta’lim, pedagogika va psixologiya dotsenti