Бухоро давлат университети


Jismoniy madaniyat fani o’qituvchisi Usmonova .N



Yüklə 278 Kb.
səhifə8/9
tarix29.01.2023
ölçüsü278 Kb.
#81587
1   2   3   4   5   6   7   8   9
уУРАЗБАЕВ мУРТАБЕК

Jismoniy madaniyat fani o’qituvchisi Usmonova .N
Biz kuzatgan Navoiy shahridagi 11-12-umumiy o’rta ta’lim maktablarida jismoniy madaniyat darslari yaxshi tashkil etilar ekan. Jismoniy madaniyat darslarida fan o’qituvchilari yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishlarini kuzatdik. Agar har bir jismoniy madaniyat fani o’qituvchisi darsni tashkil etish jarayonida yuqoridagi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalansa, darsning sifati va samaradorlik darajasi ortadi. Buning natijasida biz darsda kutilgan samaradorlikka erishishimiz mumkin.
2.2. Jismoniy madaniyat darslarida ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash mazmuni (futbol misolida)

Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida futbol sport turini rivojlantirish, o’quvchilarning sport turlariga qiziqishini oshirish, bilimi, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash davr talabiga aylanib bormoqda.


SHu nuqtai nazardan qaraganda, futbol texnikasiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Futbol texnikasining tasnifi texnik usullarni umumiy (yoki o’xshash) o’ziga xos belgilariga qarab guruhlarga bo’lishdan iborat.
O’yin faoliyati ifodalanishiga qarab futbol texnikasi ikkita yirik bo’limga ajratiladi: maydon o’yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo’lim esa harakatlanish texnikasi va to’pni boshqarish texnikasi bo’limchalariga taqsimlanadi. Kichik bo’limlar turli usullarda ijro etiladigan muayyan texnik usul-lardan: harakatlanish texnikasi usullari va usullaridan iborat. Ulardan maydon o’yinchilari va darvozabon foydalanadi. Ammo ayrim usul va usullar o’zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo’lib, detallardagina farq bo’ladi. Har xil usul, usul va turlarni ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi.
O’rganilayotgan materialni tizimlashtirish usul, turlarini aniq tarzda tushunish, ularni to’g’ri tahlil qilish, olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvafaqqiyatli hal qilishga yordam beradi.
Futbol texnikasining ifodalanishi maydon o’yinchisi va darvozabon uchun umumiy kichik bo’lim bo’lgan harakat-lanish texnikasidan boshlanadi.
Futboldagi yangi va samarali usullari, umumiy va maxsus chidamliligining harakatlari yuksak darajada bo’lishini talab etmoqda. Har bir futbolchi bir o’yin davomida jamoasining g’alaba qozonishi uchun ko’pgina harakatlarni bajarishda.
Mashhur futbolchi Mishel Platini fikricha ... « Sportchi tez yugurishi, maydonni aniq ko’rishi, komandadoshi bilan qarshi tomon o’yinchilarini aniq farqlashi uchun tanasini chiniqtirishi kerak ...».
Futbol mutaxasisi B.A. Arkadev esa, «... futbolchining maydondagi asosiy harakati bu yugurishdir unda chidamlilikning umumiy va maxsus xususiyatlarini oshiradi».
A.V. Xill – «...O’rta kritik tezlik zonasida energetik mexanizmlarning kam effektivligi tufayli kislorodga bo’lgan extiyoj harakat tezligiga qaraganda ancha tez o’sib boradi».
U.Begaliyev, Z.SHermazarovalar «... mashqlar bajarishda nafaqat chaqqonlik va epchillik mahorati, balki kuchlilik va chidamlilik ham talab etiladi».
M.Berdiyev, Jurayevlar esa, «... Kuchlilikda, tezkorlikda, chidamlilikda – bolalarning jismoniy kamolotga erishishida muhim bosqich vazifasini o’taydi».
Ibroximov, N.Masharipovlar o’z tadqiqotlarida «... o’quvchilarda irodalik, g’alabaga intiluvchanlik kabi sifatlarning shakllanishida sport mashg’ulotlarining ahamiyati katta», deb ta’kidlaydilar.
Yu.YUnusova, A.Efimenko – «... bardoshlikni tarbiyalash uchun juda ko’p umumiy tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik va musobaqalashning mashqlaridan foydalanish lozim».
L.V.Chxandze o’zining tadqiqot ishlarida “o’quvchilarning chidamliligining bir o’yindagi to’p bilan harakatlarni kuzatgan».
O’quvchilarning jismoniy tayyorgarligi o’quv–trenirovka jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Jismoniy tayyorgarlik organizmning funksional imkoniyatlari umumiy darajasini oshirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, sog’liqni mustahkamlash bilan o’zviy bog’liq bo’lgan jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash jarayonidir. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlikka bo’linadi. O’quv-trenirovka ishida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vazifalari o’zviy bog’liqdir.
O’quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama tarbiyalash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar va shug’ullanuvchilar organizmiga umumiy ta’sir ko’rsatuvchi sportning boshqa turlaridan olingan mashqlar bunda asosiy vositalar sifatida qo’llaniladi. Bunda mushak paylarining rivojlanishi va mustahkamlanishi, ichki a’zo va tizimlar funksiyasining takomillashishi, harakatlar koordinatsiyasi va harakat sifatlari umumiy darajasining oshirilishiga erishiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning maqsadi – futbolchi uchungina xos bo’lgan jismoniy sifatlar va funksional imkoniyatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishdan iboratdir.
O’quvchilarning faoliyati bajarayotgan harakati intensivligining doim o’zgarib turishi bilan ifodalanadi. Mushaklar ishining yuksak intensivligi faollikning pasayishi va nisbatan tinch holatga o’tish bilan almashib turadi. Jadal yugurish, ilgari tashlanish, sakrashlar, yengil yugurish, yurish, to’xtash bilan almashinadi, harakat yo’nalishi, maromi va sur’ati o’zgarib turadi. Bunday faoliyat muayyan jismoniy yuklamani amalga oshirish bilan bog’liq bo’lib, vegetativ jarayonlar, birinchi navbatda, modda almashinuvi, nafas olish va qon aylani-shidagi jiddiy funksional o’zgarishlar bilan davom etadi.
Ko’proq muayyan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar yordamida yo’l-yo’lakay ayrim texnik usullar ijrosini takomillashtirish mumkin. Buning uchun, odatda, bajarish xarakteri va to’zilishiga ko’ra u yoki bu texnik usul yoxud uning alohida elementlariga o’xshash bo’lgan maxsus mashqlar qo’llaniladi.
Jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarida ko’proq takroriy, oralatib o’tkaziladigan, o’zgaruvchan, o’yin va musobaqa uslublari qo’llanib turadi.
Yillik trenirovka siklida avval umumiy jismoniy tayyorgarlik, keyin shu asosda maxsus jismoniy tayyorgarlik ko’rish tavsiya qilinadi.
O’quvchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, epchillik asosiy o’rin tutadi. Ayni shu jismoniy sifatlar o’quvchilarning harakat imko-niyatlari darajasini ifodalaydi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash yagona trenirovka jarayonining bir qismidir. O’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish uslubiyatini qarab chiqar ekanmiz, bunda biz, avvalo, jismoniy fazilatlarni tarbiyalash uslublarini nazarda tutamiz.
Insonning kuchi mushaklar kuchi orqali tashqi qarshiliklarni yengishi yoki ularga qarshi tura olishida aniqlanadi.
Futbolchi o’z vazni va to’p og’irligi bilan ish tutadi. Boshqacha qilib aytganda, u, asosan, gavdasi va to’pning inersiyasini bartaraf qilish uchun o’z kuchidan foydalanadi.
Futbolchiga muayyan miqdordagi kuch zarur bo’ladi va u bu kuchdan qandaydir qisqa vaqt ichida foydalanishi kerak. Mazkur kuch “dinamik kuchdir”.
Aytaylik, biz kuchimizni mushakning ko’ndalang kesimini kattalashtirishga yo’naltirilgan maxsus mashqlar yordamida rivojlantirishni mo’ljalladik. Bunday holda maksimal vaznning kamida 60-70% miqdorida og’ir snaryadlarni ko’tarishdan foydalanish kerak. Og’irliklarni ko’tarishni 2-6 oy mobaynida haftasiga 4-5 marta bir yarim-ikki soatdan mashq qilish lozim.
Futbol amaliyotida, odatda, maksimum vaznning 40-50 % miqdoridagi shtanga va shu singari asboblar yordamida kuchni tarbiyalash 1-1,5 oy davom ettiriladiki, bu amalda kuchni oshirmay, mushaklararo koordinatsiyaning yomonlashishiga olib keladi.
SHunday qilib, o’quvchilarda kuch va tezkorlikni uyg’unlashtirishga erishish va bunda koordinatsion imkoniyatlarni yomonlashtirmaslik hamda chidamlilikni so’saytirmaslikka erishish uchun trenirovkaning shunday vosita va uslublaridan foydalanish zarurki, ular futbol-dagi harakat faoliyati talablariga muvofiq bo’lsin. O’quvchilarda kuch va tezkorlikni tarbiyalashning eng oqilona vositalari bular o’rin bo’shatish – yengib o’tish xarakteridagi kombinatsiyalashgan dinamik ishlardir.
Jismoniy madaniyat darslarida tezlik muhim ahamiyatga ega. Tezlik deganda juda qisqa vaqtda kishining muayyan harakatni amalga oshirish qobiliyati ko’zda tutilgan. Tezlik to’rt ko’rinishda namoyon bo’ladi:
– reaksiya vaqti;
– yakka harakat vaqti;
– harakatning maksimal chastotasi;
– harakatning boshlanish tezligi.
Murakkab harakat paytidagi kishi tezligi tezlikning kompleks namoyon bo’lishi bilan birga boshqa omillarga ham (qadamning kattaligi, siltanish kuchiga va h.k.) bog’liq. Futboldagi tezlik esa maydonda tez harakat qilishdangina iborat bo’lmaydi, shu bilan birga, fikrlash tezligi, to’p bilan ishlash tezligi hamdir. Futbol nuqtai nazaridan tezkor bo’lgan o’yinchi raqibni ham vaqt, ham ochiq joyga chiqib olish jihatidan yutadi. Bu nisbatan erkin holda taktik vazifani muvaffaqiyatli hal eta oladi.
O’quvchilarning tezkorlik sifatlari quyidagilardan iborat ekanligini ko’rsatadi:

  1. oddiy vaziyatda start tezligi;

  2. murakkab vaziyatda start tezligi;

  3. start olish tezligi;

  4. mutlaq (eng yuqori) tezlik;

  5. siltanish – tormozlanish harakatlari tezligi;

  6. texnik usullarni bajarish tezligi;

  7. bir harakatdan ikkinchisiga o’tish tezligi.

O’quvchilarning o’yin faoliyatida bularning har biri o’z o’rniga ega. Darvoqe, tezlik namoyon bo’ladigan hamma shakllar nisbatan bir-biriga bog’liq emas. Bu demak, tezlikning har bir tashkil etuvchi maxsus yo’nalishdagi ishni talab qiladi.
Epchillik – bu murakkab kompleks sifat bo’lib, uni baholash uchun yagona mezon topish qiyin. V.A. Zatsiorskiyning fikricha, quyidagilar epchillikni o’lchash imko-nini berishi mumkin: vazifalarning murakkabligi, uning aniq va o’z vaqtida bajarilishi (futbolda bu vaqt vaziyatni o’zgartirishdan to javob harakati boshlangan daqiqagacha bo’lgan eng kam vaqtdir).
O’quvchilarning chaqqonligi avvalo futbol maydonida doimo o’zgarib turuvchi vaziyatda to’pni olib yurganda keyin to’psiz qilgan harakatlarda namoyon bo’ladi. To’pni olib yurish, kimga o’zatishni tanlash va to’p tepish o’yinchidan juda keng koordinatsion imkoniyatlarni ko’rsatishni talab etadi.
Epchillik sifatlarini takomillashtirishda rang-barang yangi harakatlar turkumini egallab olish kerak, shundagina ma’lum malakalar bazasida noma’lumlari oson o’zlashtiriladi. Epchillikni takomillashtirish uchun shunday mashqlar zarurki, ular harakat, vestibulyar apparatlari, ko’rish analizatorlariga teppa-teng ta’sir etsin.
Epchillikni tarbiyalashda, xuddi kuch va tezkorlikni tarbiyalagan paytdagidek, kishi tezda toliqadi va buni unutmaslik kerak. Shu bilan birga, epchillikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajarish mushaklar harakati aniq bo’lishini talab qiladi, toliqish paytidagi mashqlar kam samara beradi. Shuning uchun epchillikni tarbiyalashda, xuddi tezkorlik va kuchni tarbiyalagan paytdagidek, organizm yana qayta batamom tiklanib olguncha, muayyan vaqt oralig’ida dam olishni tashkil qilish lozim. Mashqlar oldingi mashg’ulotdan toliqish asorati deyarli qolmagan vaziyatlarda bajariladi.
O’quvchilarda “portlovchi” kuchni, tezkorlikni va epchillikni hosil qilish qiyin ish, shuning uchun bu sifatlarni sportchi butun sport hayoti davomida tarbiyalab borishi zarur. Ularning tarbiyalanib borishiga alohida diqqat bilan qarash kerak, chunki futbolchi o’yin faoliya-tining samarasini belgilaydigan sifatlar xuddi ana shulardir.
Bu uch o’ziga xos jihat ko’rsatilgan sifatlarni yagona qilib birlashtiradi va ularni bir mashg’ulotda bir vaqtning o’zida kompleks ravishda takomillashtiradi.
O’quvchilarning chidamliligi deganda o’yinning boshidan oxirigacha o’yin faoliyatini hech bo’shashtirmasdan davom ettira olish qobiliyati tushuniladi.
Chidamlilikni yana toliqishga qarshi tura olish qobiliyati, desa ham bo’ladi. Sport amaliyotida to’rt toifa toliqishni uchratish mumkin, bular: aqliy, sensor, emotsional va jismoniy toliqishlar. Bu to’rt toifa toliqish futbolchiga ham xosdir. Tabiiyki, bular ichida jismoniy toliqishning salmog’i ko’proq. O’quvchilarda chidamlilikni tarbiyalash uslubiyatiga to’g’ri yondashish uchun sportchilar o’yin faoliyati tabiatini va o’yin paytida ularning zimmasiga tushadigan yuklamani hisobga olish zarur.
Ma’lumki, o’quvchilarning faoliyati bir-biriga zid bo’lgan zonalar-da kechadi: bir tomondan qisqa vaqt maksimal shiddatda o’tuvchi ish 5-8 soniya (tez yugurish, tezlashish, sakrash, kurashish va shu singarilar); boshqa tomondan – o’yin vaqti 90 daqiqa davom etadiki, bu o’rtacha ishga xos xususiyatdir. Agar o’rtacha ishdan iborat trenirovkaning maksimal shiddatdagi ishga salbiy ta’sir qilishini hisobga oladigan bo’lsak, unda futboldagi chidamlilik masalasining juda og’ir masala ekanligi ravshan bo’ladi.
O’quvchilardagi chidamlilikni tarbiyalash uslubla-rini aniqlashda ulardagi umumiy va maxsus chidamlilikni bir-biridan farqlash lozim. Umumiy chidamlilik deganda, odatda, ishlarni hatto bir-biridan jiddiy tafovuti bo’lgan ishlarni o’rtacha darajada yoki oshiqmasdan o’zoq vaqt bajara olish qobiliyati tushuniladi. Maxsus chidamlilik o’quvchilardan talab etilgan sur’atni o’yinning oxiri-gacha saqlab tura olish qobiliyatida namoyon bo’ladi.
Chidamlilikni tarbiyalashda irodaviy sifatlar ham oldingi o’rinlardan birida turadi. Muntazam o’zoq davom etadigan ish sportchilardan ichki va tashqi qiyinchilik-larni kuchli, qat’iy, zo’r iroda bilan yengishni, ya’ni “barqaror iroda sifatlarini” talab qiladi.
Chidamlilikni takomillashtirishga qaratilgan mash-g’ulotlarni yuklamaning beshta belgisiga rioya qilgan holda o’tkazish darkor: a) ishlash vaqti; b) ishning murakkabligi; v) dam olish vaqti; g) dam olishning xarakteri; d) takrorlash miqdori. Mashg’ulotning biror-bir belgisi o’zgarsa, bu uning yo’nalishiga ta’sir etadi.
O’quvchilarni samarali o’yinga tayyorlash uchun trenirovkaning vosita va uslublarini bir-biriga ko’proq moslash kerak.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, barcha sport turlari orasida futbolning o’z o’rni bor. Hozirgi kunda o’quvchilarning chidamliligini oshirish uchun bir qator mutaxassislar o’z uslubiyatini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda sportchilarni tayyorlashda umumiy chidamlilikka kam e’tibor berilmoqda. Eng avvalo bolalik davridan boshlab, sport yuklamalarini to’g’ri taqsimlash, umumiy chidamlilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim.
Inson chidamli bo’lishi uchun organizmdagi turli tizimlarning yaxshi rivojlanishiga erishish mumkin.
Chidamlilik darajasining oshishi:
birinchidan: yurak-qon tomiri faoliyatini kuchaytirishini;
ikkinchidan: funksional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo’ladigan quvvatni tejab-tergab sarflanishi;
uchinchidan: funksional imkoniyatlardan iloji boricha to’la foydalanishni boshqacha qilib aytganda «musobaqalarda bor kuch bilan harakat qilishning anglashni» ko’zda tutadi.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida oliy ta’lim tizimida ham izlanishlarning tashkil etilayotganligi alohida e’tiborga molikdir.
XULOSA
Yurt boshimiz aytganidek, buning yo’li – odamlarimiz avvalom bor, yoshlarimiz iymon etiqotni saqlashi lozim, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida o’zligini unutmaslik, ota - bobolarimizning muqaddas qadriyatini asrab– avaylash va fazilarlarini qaror topishga, ularning men o’zbek farzandiman deb g’urur va iftixor bilan yashashga erishishdir. Yuqorida tavsiflarni xulosalab, o’quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borilsa an’anaviy shakllantiruvchi bosh omillar bu –biz pedagoglar va oilada ota ona tarbiyasi, jonajon vatan tuyg’usini singdirish deb komil ishonch bilan aytish mumkin.
Farzandlarimizni shunday mag’rur qilib, tarbiyalay olsak, biz orzu qilgan maqsadlarimizga albatta erishamiz. Zero yurt boshimiz aytganidek, “bu oliyjanob fazilatdir, har qanday murakkab, qaltis sinoatlardan mardona va yorug’ yuz bilan o’tishdan biz uchun beqiyos kuch – qudrat manbai bo’ladi”. Bolalar-kelajagimiz. Axir ular tez o’sib, katta bo’ladilar va kattalar o’rnini bosadilar. Bizning bu o’rinbosarlarimiz jismoniy va axloqiy jihatdan sog’lom, baquvvat bo’lishlari kerakki, bu ularga avlodlar va hayot davomiyligini ishonib topshiraylik. Buninguchun jismoniy tarbiyani to’g’ri, muntazam va betinim o’tkazish yo’li bilan o’smirlar va yoshlarda o’z - o’zini tarbiyalash malakalarini shakllantirish kerakki, bular hozirgi zamonda pedagogikaning yuksak omillaridan hisoblanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha holatlar bizdan o’z ishimizga o’zgacha yondashuvlarni talab kiladi. Binobarin, bolalarni o’rta maktabda jismoniy madaniyat mashg’ulotlari hamda sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlar orqali madaniyat qilinishi, qisqa qilib aytganda, jismoniy tarbiyaning yangi konsepsiyasini yaratish taqozo qiladi. Bunda o’quvchilarning har bir yosh guruxiga xos bo’lgan xususiyatlarni ularni jismoniy jihatdan tarbiyalash masalalari qal qilinayotganda hisobga olinmog’i maqsadga muvofiq ekanligi bugungi kunda ravshan bo’lmokda. Jismoniy madaniyat jarayoni orkali shaxsni shakllantirish har birimizning asosiy vazifamiz hisoblanadi. Zero, «Farzandlari sog’lom yurt qudratli, qudratli yurtning farzandlari sog’lom bo’lur»..

Yüklə 278 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin