«bujdet hisobi va g’aznachilik» kafedrasi «budjet hisobi» fanidan kurs ishi mavzu: byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar nazoratining maqsadi va vazifalari bajardi


Buxgalteriya hisobida budjet tashkilotlarining joriy yilga moliyaviy natijalari quyidagi schyotlarda yuritiladi



Yüklə 73,67 Kb.
səhifə3/10
tarix19.10.2023
ölçüsü73,67 Kb.
#157783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
«bujdet hisobi va g’aznachilik» kafedrasi «budjet hisobi» fanida-fayllar.org

Buxgalteriya hisobida budjet tashkilotlarining joriy yilga moliyaviy natijalari quyidagi schyotlarda yuritiladi:
23 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
24 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
25 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
26 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
27 “Boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”.
Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi 28 “Yakuniy moliyaviy natijalar” schyotida yuritiladi.
2.Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi
Budjet tashkilotining budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning budjet mablag‘lari hisobiga moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari (bunda moliya yiliga qo‘shimcha vaqt mobaynida o‘tgan moliya yili uchun amalga oshirilgan kassa xarajatlari ham hisobga olinishi lozim) va mazkur vaqt mobaynida budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida olingan ko‘rsatkichdir. Budjet mablag‘lari bo‘yicha moliyaviy natija 23 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyotida hisobga olinadi.
23 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga bo‘linadi:
230 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar”;
231 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar”;
232 “Budjetdan moliyalashtirish”.
231 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotida tashkilotni saqlash va boshqa tadbirlar uchun budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari hisobga olinadi.
Budjet mablag‘lari bo‘yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida 231 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida 231 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar” subschyot debetida aks ettirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 230 “Budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natijalar” subschyotining debetiga yozib, hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi va subschyot bo‘yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.



Yüklə 73,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin