Bulut texnologiyasi nima va nega kerak



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/37
tarix03.03.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#86503
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
6288047 (1)

Gavda holati 
 
Ish vaqtida gavdani to’g’ri holatda tutish kompyuterning sog’likka zararli 
ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. Gavdani to’g’ri tutishni uni ma’lum bir vaqt 
davomida nazorat qila turib o’rganish juda muhimdir. Shunda gavdani to’g’ri 
holatda tutish odat tusiga kiradi. Juda oson mashqni tavsiya qilamiz: tekis devorga 
suyaning, bunda tovon, boldir, tos, kurak, tirsaklaringiz va boshingiz devorga tegib 
tursin.


52 
Maslahatlar: 
 
 klaviatura albatta tirsaklaringizdan pastroqda bo’lishi kerak;
 yelka va bilaklar orasidagi burchak 121 darajadan kam bo’lmasligi 
kerak;
 uzoq vaqt ishlayotganingizda kaftlaringizning ichki tomonlari tayanchga 
ega bo’lishi kerak;
 qo’llaringiz pastga osilgan holda bo’lishi mumkin emas, kursining qo’l 
uchun suyanchiqlariga qo’yib o’tiring;
 boshingizni oldinga egib o’tiring, displey ekranini shunday 
joylashtiringki, sizning nigohingiz ozgina pastroqda bo’lsin;
 stul yoki kursi suyanchig’iga suyanib o’tiring. 
To’g’ri holat 
O’tirganingizda gavdangizni bir oz orqaga tashlang. Bunday holat umurtqa 
pog’onasiga og’irlik tushmasligiga, tana bo’ylab qon aylanishining yaxshilanishiga 
olib keladi, bu esa ayni kuchga to’lgan erkaklar uchun juda muhimdir. Qo’llaringiz 
kursining qo’l uchun suyanchiqlarida erkin turishi lozim. Tirsak va bilaklaringizni 
bo’sh qo’ying. Kaftlaringiz bilaklaringiz bilan bir chiziqda bo’lsin, ya’ni bilakdan 
pastda yoki tepada bo’lmasin, faqat barmoqlargina ishlasin. Bo’ksangiz tanangizga 
nisbatan to’g’ri burchakda, tizzalaringiz esa bo’ksaga nisbatan to’g’ri burchak 
ostida bo’lsin.
Oyoqlar polda yoki oyoqlar uchun tayyorlangan maxsus moslama ustida 
tursin. 
Harakatlar 
 
AQSH mehnat statistikasi Byurosining ma’lumotlariga ko’ra, 1981-yilda 
tayanch-harakat apparatining yuqori qismi, ya’ni qo’l-panja kasalliklari kasbiy 


53 
kasalliklar umumiy sonining atigi 18% ni tashkil etgan. Lekin 80-yillar davomida, 
ya’ni kompyuterlashtirish g’oyat tez sur’atlarda o’sib borgan 10 yil ichida, bu 
kasallik shu qadar ko’p aytib ketdi-ki, 1989-yilda butun kasbiy patologiya 
strukturasining 52 % ini tashkil etdi. Bir necha ming AQSh aloqa xodimlari 
uyushmasi a’zolarining salomatligini o’rganib borish natijasida ularning 20% ga 
yaqini surunkali ravishda kasbiy qo’l-panja kasalliklaridan aziyat chekishlari 
ma’lum bo’ldi. Amerika Qo’shma Shtatlarining bir qator kompaniyalari 
tendovaginit, ligamentit (karpal kanal sindromi), shuningdek, qo’llarning 
muntazam ravishda og’rishigina emas. Balki mehnat qobiliyatini yo’qotishgacha 
olib keladigan boshqa paylar yallig’lanishi kasalliklariga duchor bo’lgan 
bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida bir necha million dollar zarar 
ko’rmoqda”,(Gun G.E.–kompyuter: Sog’liqni saqlash yo’llari, Moskva. 2002-y). 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin