51
Gipodinamiya – (gipo va grekchadan dinamis –kuch) inson organizmi (qon
aylanish, nafas olish, taomni hazm qilish, tayanch –harakat apparati) funktsiyalari
harakat qilish faolligining cheklanganligi, mushaklar qisqarishi kuchining
pasayishi
natijasida
buzilishidir.
Mehnatni
avtomatlashtirish
va
mexanizatsiyalashtirish, kommunikatsiya vositalari rolining o’sishi tufayli
gipodinamiya
kundan-kunga
ommalashib
bormoqda
(assoopa.ru
dagi
entsiklopediya). Bu muammo bevosita kompyuter bilan bog’liq emas.
Bunday hollarning oldini olish uchun:
kompyuter bilan ishlash vaqtida tez-tez gavda holatini o’zgartirib turing;
miriqib kerishing;
stol tagida oyoqlar holatini o’zgartirib turishni unutmang;
telefonni o’zingizdan uzoqroq joyga qo’ying;
mabodo kofe, choy yoki boshqa ichimlik ichmoqchi bo’lsangiz, aslo
kompyuter oldida ichmang, buning uchun qulay bo’lgan boshqa joyga o’ting;
vaqti-vaqti bilan turib, shunchaki sayr qilishga erinmang;
ish vaqtida deraza oynasi yoniga kelib, ko’chani tomosha qilib turishni
odat qiling, bu har tomonlama foydalidir.
kompyuter bilan ishlashdan avval va undan keyin vaqtingizni faollikda
o’tkazing – sayr qiling, sport o’yinlarini o’ynang, raqsga tushing, xullas,
istaganingizni qiling, lekin harakat qiling!
Dostları ilə paylaş: