50
Ergonomika - inson tomonidan boshqariladigan samarali tizimlarni
o’rganadigan va barpo etadigan fandir. Ergonomika insonning mehnat faoliyati
jarayonidagi xatti-harakati, uning energiya sarflashi, aniq ish bajarishi paytidagi
samaradorlik va jadallikni o’rganadi. Ergonomika atamasi 1949-yili Buyuk
Britaniyada, bir guruh ingliz olimlari Ergonomik tekshiruv jamiyatini tashkil eta
boshlaganlarida qabul qilingan. AQShda ilgari bu fan inson faktorlarini o’rganish
deb, Germaniya Federativ Respublikasida esa – antropotexnika deb atalgan, lekin
bugungi kunda inglizcha atama butun dunyoga keng yoyilgan. Ergonomika mini-,
midi- va makroergonomikaga bo’linadi. (grekchadan ergon-ish+ nomos –qonun).
Makroergonomika “inson-jamiyat”, “tashkilot-tashkilotlar tizimi” tizimlarini
o’rganish va loyihalashtirish bilan shug’ullanadi.
Midiergonomika “inson-jamoa”, “jamoa-mashina”, “inson-tarmoq”, “jamoa-
tashkilot” tizimlarini o’rganadi. Mikroergonomika “inson-mashina” tizimiga
bag’ishlangan. Ergonomika fani 2ta tamoyilga: insonning ishga moslashuvi va
ishning insonga moslashtiriluviga asoslangandir. Bular butunlay boshqa-boshqa
narsalardir. Birinchi holda samaradorlik asosiy deb hisoblansa, ikkinchi holda
qulaylik oldinga chiqadi (bu tamoyil Usabulity Engineyering, qisqacha yuzabiliti
deb ataladigan boshqa bir yo’nalishga juda yaqindir.) Bu esa yuqori
samaradorlikka ega tizim albatta noqulay, qulay tizim esa samarasiz bo’ladi,
degani emas. Hamma gap uni qayerda qo’yishdadir.
Dostları ilə paylaş: