Inson organizmiga kompyuter moslamalarining muntazam ravishdagi elektrostatik potentsiali ham zarar etkazadi. Elektr maydonining doimiy ta’siri ostida organizmda elektrogipnoz holati ro’y beradi. Natijada bosh og’rig’i, holdan toyish, bosh aylanishi kabi holatlar vujudga keladi.
Sintetikadan tayyorlangan matolar tabiiy mato va badan bilan ishqalanganida statik elektr tokini hosil qiladi, bu esa texnika uchun zararlidir va yerda o’rnatilgan detallarga tegib ketganingizda yoqimsiz tuyg’uni his qilasiz, shuning uchun polga tabiiy jundan to’qilgan palosni to’shab qo’ying, o’zingiz esa tabiiy matodan tikilgan kiyim-kechakda bo’ling.
Dostları ilə paylaş: |