Ish joyini loyihalash vaqtida sun’iy va tabiiy yoritish masalasi hal qilinishi kerak. Yoritish nafaqat ishlab chiqarish masalalarini hal qilish balki u ishlayotgan odamning psixologik hamda fizik holatiga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish joylaridagi ratsional yoritilganlikka qo’yilgan talablar:
yorug’lik manbai va yoritish tizimini to’g’ri tanlash;
ishlab chiqarish tepaliklarini kerakli darajadagi yorug’lik darajasi bilan ta’minlash;
ko’zni oladigan yorug’likni cheklash;
tekis yorug’likni tashkillash;
yorug’lik oqimining vaqtda tebranishini yo’qotish va cheklash .
Ish joyidagi yoritilganlik gigiyenik talablarga binoan mehnatning ko’rish sharoitlariga to’g’ri kelishi kerak.Obyektda displey bilan ishlash vaqtida yoritilganlik 200 lk hujjatlar bilan ishlash paytida 400lk bo’lishi kerak.