To’g’ri holat
O’tirganingizda gavdangizni bir oz orqaga tashlang. Bunday holat umurtqa pog’onasiga og’irlik tushmasligiga, tana bo’ylab qon aylanishining yaxshilanishiga olib keladi, bu esa ayni kuchga to’lgan erkaklar uchun juda muhimdir. Qo’llaringiz kursining qo’l uchun suyanchiqlarida erkin turishi lozim. Tirsak va bilaklaringizni bo’sh qo’ying. Kaftlaringiz bilaklaringiz bilan bir chiziqda bo’lsin, ya’ni bilakdan pastda yoki tepada bo’lmasin, faqat barmoqlargina ishlasin. Bo’ksangiz tanangizga nisbatan to’g’ri burchakda, tizzalaringiz esa bo’ksaga nisbatan to’g’ri burchak ostida bo’lsin.
Oyoqlar polda yoki oyoqlar uchun tayyorlangan maxsus moslama ustida tursin.
Dostları ilə paylaş: |