IV. MEHNAT MUHOFAZASI
Bitiruv ishini bajarish jarayonida va uni bevosita ta’lim jarayonida qo’llash vaqtida kompyuter va texnik vositalar o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan bevosita ishlatiladi. Shuning uchun mehnatni muhofaza qilish va inson muhofazasi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.
Mehnatni muhofaza qilish – inson faoliyatining barcha jabhalaridagi xavfli va zararli omillardan tortib inson himoyasi, muhofazasi nazariyasi va amaliyotini o’z ichiga oluvchi ilmiy bilimlar sohasi sanaladi.
“Mehnatni muhofaza qilish” oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun texnika, iqtisodiyot, mehnat gigiyenasi, fiziologiyasi va psixologiyasi, mehnatni ilmiy tashkil etish, sanoat estetikasi va boshqa sohalardagi mutaxassislarning birgalikda hamda kelishilgan holda ishlashi talab etiladi.
Inson doimo turli xavf-xatarlar muhitida yashab kelgan. Hayotning davomiyligi ibtidoiy inson uchun taxminan 25 yil mehnatni muhofaza qilish integral ko’rsatkichi hisoblanadi.
Taraqqiyot olg’a odimlashi ko’lamiga qarab, inson mehnatni muhofaza qilish darajasi doimo o’sib borgan. Hozirgi paytda o’ta rivojlangan mamlakatlarda hayotning o’rtacha davomiyligi 77 yilni tashkil qiladi. Fan va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy – iqtisodiy xavfsizlikni oshirib, shu bilan birga aholi salomatligi uchun bo’lganidek, atrof – muhit uchun ham xavfsizlikning yangi turlari vujudga kelishiga olib keldi.
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi paytda baxtsiz hodisalar oqibatidagi o’limlar yurak – tomir va onkologik kasalliklardan keyin 3 – o’rinda turadi.
Mehnatni muhofaza qilish – inson organizmidagi murakkab biologik jarayon bo’lib, salomatlik va mehnatga layoqatni saqlash imkonini beradi.
Mehnatni muhofaza qilish borasida asosiy vaziyatlar – ishlab chiqarish jarohatlari, kasbiy xastaliklarning oldini olish hamda butun dunyoda mehnat sharoitlarini yaxshilashdan iborat.
Ergonomika - inson tomonidan boshqariladigan samarali tizimlarni o’rganadigan va barpo etadigan fandir. Ergonomika insonning mehnat faoliyati jarayonidagi xatti-harakati, uning energiya sarflashi, aniq ish bajarishi paytidagi samaradorlik va jadallikni o’rganadi. Ergonomika atamasi 1949-yili Buyuk Britaniyada, bir guruh ingliz olimlari Ergonomik tekshiruv jamiyatini tashkil eta boshlaganlarida qabul qilingan. AQShda ilgari bu fan inson faktorlarini o’rganish deb, Germaniya Federativ Respublikasida esa – antropotexnika deb atalgan, lekin bugungi kunda inglizcha atama butun dunyoga keng yoyilgan. Ergonomika mini-, midi- va makroergonomikaga bo’linadi. (grekchadan ergon-ish+ nomos –qonun).
Makroergonomika “inson-jamiyat”, “tashkilot-tashkilotlar tizimi” tizimlarini o’rganish va loyihalashtirish bilan shug’ullanadi.
Midiergonomika “inson-jamoa”, “jamoa-mashina”, “inson-tarmoq”, “jamoa- tashkilot” tizimlarini o’rganadi. Mikroergonomika “inson-mashina” tizimiga bag’ishlangan. Ergonomika fani 2ta tamoyilga: insonning ishga moslashuvi va ishning insonga moslashtiriluviga asoslangandir. Bular butunlay boshqa-boshqa narsalardir. Birinchi holda samaradorlik asosiy deb hisoblansa, ikkinchi holda qulaylik oldinga chiqadi (bu tamoyil Usabulity Engineyering, qisqacha yuzabiliti deb ataladigan boshqa bir yo’nalishga juda yaqindir.) Bu esa yuqori samaradorlikka ega tizim albatta noqulay, qulay tizim esa samarasiz bo’ladi, degani emas. Hamma gap uni qayerda qo’yishdadir.
Dostları ilə paylaş: |