To’g’ri o’tirish
Belingizda ahyon-ahyonda bo’lsa-da og’riq sezsangiz, to’g’ri o’tirishni o’rganishingiz zarur, yumshoq mebelni tanlamang. Qattiq stul yoki kursida o’tiring, shunda gavdangizning og’irligi umurtqa pog’onasiga tushmaydi.
Mebelga bo’lgan talablar:
oyoqlar polda turishi uchun stulning balandligi tizzalarning uzunligiga mos kelishi lozim;
bo’yi pastlar oyoqlari tagiga kurscha qo’yib olganlari ma’qul;
oyoqlaringiz bukilib qolmasligi uchun stol tagida yetarlicha joy bo’lishi
kerak;
Qo’llarning holati
Qo’llar bo’shliqda bo’lmay, doimo biron narsaga tayanib turishi kerak. Sichqoncha bilan ishlayotganda, qo’lning tirsak va bilak qismlari doimo stolga tegib tursin. Shunda yelka kamari mushaklariga uncha og’irlik tushmaydi, bu esa bo’yin osteoxondrozi kasalligining oldini oladi.
Belingiz og’rimasligi uchun quyidagi qoidalarga amal qiling:
uzoq o’tirib ishlashga majbur bo’lsangiz, har 15-20 daqiqada tanangizga bir oz dam bering, oyoqlaringiz holatini o’zgartiring;
doimo stul yoki kursi suyanchig’iga suyanib o’tiring;
to’g’ri o’tiring, boshingizni pastga Ko’p egmang, tana mushaklari zo’riqmasligi uchun gavdangizni to’g’ri tuting;
qog’ozdagi matn bilan uzoq vaqt ishlashingizga to’g’ri kelsa, stol ustiga qog’oz uchun moslama (pyupitr) qo’ying yoki uni ekranga biriktirib qo’ying;
bunda matn yetarlicha balandlikda bo’lishiga va gavdangiz bilan oldinga engashib o’timasligingiz uchun qulay bo’lishiga ahamiyat bering;
zo’riqmay, bemalol o’tirish juda muhimdir. Buning uchun belingiz va suyanchiq orasiga yupqagina valik qo’yib oling.
Dostları ilə paylaş: |