Ishlab chiqarish shovqini
Shovqin qattiq, suyuq va gaz muhitida tebranish natijasida hosil bo’ladi. 20- 20000 Gts chastota diapazonidagi mexanik tebranish tovush ko’rinishida inson eshitish organi qabul qiladi. 20 Gts chastotadan kam bo’lgan tebranish
(infratovush) va 20000 Gts dan yuqorisi (ultratovush) eshitish sezgisi uyg’otmaydi, lekin inson organizmiga biologik ta’sir ko’rsatadi.
Shovqinni uzoq muddat ta’siri natijasida eshitish qobiliyati pasayibgina qolmay, qon bosimini o’zgarishiga, e’tiborni pasayishiga, ko’rish qobiliyatini pasayishiga, harakat markazida o’zgarish yuz berishi, natijada harakat markazi koordinatsiyasining buzilishiga olib keladi, hamda bir xil fizik yuklama bo’lsa ham energiya sarfini oshishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |