Yong’in maxsus manbadan tashqarida bo’ladigan, nazorat qilib bo’lmaydigan yong’in bo’lib, juda katta moddiy zarar yetkazadi. Yong’in chiqishiga asosan olovdan noto’g’ri foydalanish, elektr qurilmalarning pechlarini, tutun trubalarni mantaj qilish va ishlatish qoidalarining buzilishi, xalq xo’jaligi ob’yektlarini loyixalash va ko’rishda yong’in xavfsizligi normalari talablarining buzilishi, yong’in jihatidan xavfli jixozlarni ishlatishda va oson alanga oladigan materiallardan foydalanishda, yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, bolalarni olov bilan o’ynashi, momaqaldiroq razryadlari sababli bo’ladi.
Loyihalardagi eng harakterli kamchiliklarga quyidagilar kiradi: odamlarni evakuatsiya qilish va evakuatsiya yo’llari masalalarini noto’g’ri hal etish, ya’ni yopiq zinalar ochiqlarini ko’rish; yonuvchi materiallar saqlanadigan yerto’lalardan chiqish joylarini hammasini umumiy zina katagida joylashtirish; o’tga chidamliligi 1-3 darajali binolarda koridorlarni xonalardan ajratib turuvchi yonadigan poydevorlardan foydalanish; evakuatsiya yo’llariga surilma eshiklar va o’tish yo’llarini hisobiy toraytirish; o’tga chidamliligi 1-3 darajali binolarda har xil shkaflar uchun yonadigan to’siqlardan foydalanish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |