Mexanik parametrlarni (o’lchamlarni, siljishlarni, kuchlarni, tezliklarni va hokazolarni) nazorat qilish asboblari turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng qo’llanilmoqda, bu yerda qalinlikni, chiziqli va burchakli siljishlarni, burchak tezliklarni (mashina va mexanizmlarning aylanishlar sonini), kuchlanishlarni, deformatsiyalarni, tebranishlarni va boshqalarni o’lchash talab qilinadi.

Mexanik harakatning asosiy parametrlari — siljish, tezlik va tezlanish o‘zaro oddiy differensial bog’lanishlar bilan bog’langanligi ma’lum. Harakat parametrlarining bu xossasidan ularni o’lchash asboblarini yasashda foydalaniladi.
Chiziqli o’lchamlarni o’lchashning elektr usullarini kichik va katta o’lchamlarni o’lchash usullariga ajratish mumkin.

Juda ham kichik o’lchamlarni (mikrometrning ulushlaridan bir necha mikrometrgacha) o’lchash usullaridan detallarning g‘adir-budurligini o’lchashda, ularga ishlov berish sifatini baholashda foydalaniladi. Bir necha mikrometrdan 100—200 mm gacha bo’lgan o’lchamlarni o’lchovchi asboblar mikrometrlar yoki qalinlik о‘Ichagich (толшинометр) deb ataladi va sanoatda avtomatik nazorat qilishning juda turli-tuman sohalarida qo’llaniladi.