Burgulash va portlatish ishlari



Yüklə 60,05 Kb.
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü60,05 Kb.
#197078
1   2   3   4   5   6
1541865814 72885

Urish usuli - massasi 1000 …. – 3000 kg bo‘lgan burg‘ulash mashinasi maolum balandlikdan kavlanadigan zaboyga tushishi natijasid jinsni yemirilishiga asoslashgan. Har qaysi urilish natijasida burg‘ilash mashinasi maolum burchakka burilishi natijasida burg‘ulanayotgan jins bir tekis yemiriladi. Bunda burg‘ulash davomida vaqti – vaqti bilan suv yuborib turiladi va zaboyda xosil bo‘lgan shlam jelenka yordamida chiqarib tashlanadi.

Rasm 6.2. Quduq qazishda ishlatiladigan burg‘ulash uskuna va jixozlari.
a – arqonli urish usulida burg‘ulovchi o‘zi yurar uskuna; b – xuddi shunda kalonkali burg‘ulash uskunasi; v – ishchi uchliklar; g – arqonli urish urish burg‘ilovchi uskuna burg‘ilash mashinasi; d – xuddi shundan kolonkali burg‘ulash uchun; ye – xuddi shunday burdalab burg‘ulash uchun: j – titratib burg‘ulash uskunasi; 1. zanjirli g‘ildirak; 2. rama; 3. elektro yuritkich; 4. muvozanatlovchi rama; 5. baraban; 6. shatun; 7. po‘lat arqon; 8. blok. 9. machta; 10. burg‘ulash mashinasi; 11. damkrat; 12. yuritgich; 13. nasos; 14. aylantirgich; 15. shtanga; 16. rotor; 17. qattiq po‘lat aralashma eritmasi bilan; 18. mayda olmos qoplama; 19. burdalash qoplamasi; 20. sharoshechli doloto; 21. krestsimon doloto; 22. kemtikli doloto; 23. «baliq dumli» sifat doloto; 24. ishchi uchlik; 25. arqon quluf;. 26. kolonka quvur; 27. o‘tkazgich; 28. burg‘uluash quvurlari; 29. salonik; 30. shlam quvur; 31. elektr yuritishi; 32. titratib botirgich; 33. boshqarish pulti.
Burg‘ulovchi mashina (rasm 6.2.a) zanjirli xarakatlanuvchi arava ustiga o‘rnatilgan kabina, rama, unga o‘rnatilgan elektr yuritgich va elektr jiozlar shuningdek machtaga o‘rnagan asbob va jelenka blokidan tashkil topgan. Machtani qo‘lda boshqariluvchi lebedka yordamida ko‘tarib tushiriladi. Bunday usul bilan  400 mm va chuqurligi 200 m gacha quduqlarni burg‘ulash mumkin.
Burg‘ulovchi mashina (rasm 6.2.g) ishchi asbob (dolota, stakan yoki jelenok), uruvchi shtanga, qaychi va arqon qulflardan tashkil topgan.
Aylantirib burg‘ulash usuli uchun avtomobil bazasiga o‘rnagan o‘zi yurar uskuna (rasm 6.2.b) qo‘llaniladi. Burg‘ulovchi asbob o‘z o‘qi yo‘nalishiga burilayotgan jinsga buralib kirish usuli bilan botiriladi. Ikki usul mavjud: kolonkali va rotorli.
Kolonkali burg‘ulashga shpendeliga qisuvchi patron bilan moslangan burg‘ulovchi mashinaga xarakat elektr yuritgich yoki ichdan yoquvchi yuritgich orqali beriladi. Burg‘ulash mashinasi ostki qismiga (rasm 6.2.d) kolonkali quvur o‘rnatiladi. U o‘z navbatida o‘tkazgich orqali xalqasimon qoplama bilan birlashtiradi. (xalqasimon qoplamani qattiq po‘lat eritmasida yoki olmos bilan qoplangan) (rasm 6. 2.v, 17, 18).
Burg‘ulash paytida quduqqa nasos yordamida rezina ichak, salpnik va burg‘ulash quvuri orqali zaboyni yuvuvchi eritma (glina eritmasi, suv) yuboriladi. U burg‘ulanayotgan quvur devori va burg‘ulash quvuri orasidagi tepaga ko‘tarib, o‘zi bilan shlamni olib chiqish bilan birga burg‘ulash asbobini sovitadi.
Ayrim xollarada kolonkali bug‘ulanganda armaturalangan qoplama o‘rniga burg‘ulovchi qoplama xam o‘rnatiladi. (rasm 6. 2.v, 13). Bu usulda burg‘ulash maqsadida zaboyga cho‘yan yoki po‘lat burg‘ular tashlanadi. Maydalangan jinslar shlam tarzida yuvuvchi eritma bilan yuqoriga ko‘tariladi, yirik burda va mayda burdadalr esa shlam quvuri ichida qoladi.
Burg‘ulovchi mashina umumiy ko‘rinishi (rasm 6.2.e) da ko‘rsatilgan.

Yüklə 60,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin