BURG’ULASH VA PORTLATISH ISHLARIDA QO’LLANILADIGAN
Reja: 1.Burg’ulash va portlatish ishlarida qo’llaniladigan atamalar
2.Boshlang’ich impuls va uning turlari.
3.Yonuvchi plig (osh).
Portlatuvchi – rasmiylashtirish va berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan “Portlatuvchining yagona daftari”ga ega bo‘lgan malakali ishchi (usta-portlatuvchi).
PM - portlovchi modda
PA – portlovchi materiallar (ashyolar) - portlovchi moddalar, tezlatish vositasi, nimportlatish va portlatish apparatlari.
Detonator (portlatgich) – kapsyul-detonatorlar, pirotexnik rele, elektrodetonator kabilarning umumiy nomi.
DSH – detonatsiyalovchi shnur (portlatuv piltasi).
KD - kapsyul-detonator (piston-detonator).
Texnik nazorat shaxsi – PM bilan ishlash yoki portlatish ishlariga bevosita rahbarlik qiluvchi mansabdor shaxs (kon ustasi, usta, ish yurituvchi va boshqalar).
NTT – noelektrik tezlatish tizimi.
Noelektrik detonator – tarkibida zarb-to‘lqin naychasi, ulaydigan element va susaytiruvchi kapsyul-detonator bo‘lgan fursatli tezlatish qurilmasi.
Tashkilot - ishlar xavfsizligi bo‘yicha ekspert – portlatish ishi xavfsizligi masalalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot.
OSH – olovo‘tar shnur (o‘t o‘tkazuvchi pilta).
NPA - nimportlatish va portlatish apparati.
CHREK – chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiya.
SHay-patron – PM patroni (shashka), portlatish tezlatgichiga (kapsyul-detonator, elektrodetonator, detonatsiyalovchi shnur yoki noelektrik detonatorga) biriktirilgan PM - zaryadi yoki uning qismi bo‘lib hisoblanadi.
Oraliq detonator - portlatish tezlatgichi (detonator, elektrodetonator, detonatsiyalovchi shnur, noelektrik detonator) kiritilgan PM patroni (shashka), birlamchi detonatsiyalovchi impulsni kam sezadigan PM dan iborat bo‘lgan asosiy zaryad portlashini tashabbuslash uchun qo‘llaniladi.