Buxgalteriya hisobi" fanidan kurs ishi mavzu: "Inventarizatsiya o’tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 66,17 Kb.
səhifə3/12
tarix25.12.2023
ölçüsü66,17 Kb.
#195092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi mavzu “Inventarizatsiya -fayllar.org

Kurs ishi obyekti. INVENTARIZATSIYANI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH. BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI
19-SONLI BHMS.
Kurs ishi predmenti. O’zbekiston iqsodiyotini rivojlantirish daromad yoki ijtimoiy samara keltiradiganva tadbirkorlikdavlat tamonidan ta’qiqlanmagan faoliyatlargajalb qilinadigan barcha turdagi mulkiy va intelllektual boyliklar tadqiqot predmenti deb belgilab olindi.

Inventarizatsiyani o‘tkazishning asosiy qoidalari
2.7. Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar soni, ularni o‘tkazish sanasi, aktivlar va majburiyatlar ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi, bundan mazkur standartning 1.5 va 1.6-bandlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
2.8. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi tarkibida doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
bosh buxgalter;
buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (keyingi o‘rinlarda — bosh buxgalter).
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasini bir vaqtda o‘tkazish uchun quyidagi tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
inventarizatsiyani tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ishni yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya hisobi xizmati xodimi (keyingi o‘rinlarda — buxgalteriya) va boshqalar.
Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar, narxlar va boshlang‘ich hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1-ilovaga* muvofiq buyruq, qaror, farmoyish).
Inventarizatsiyani o‘tkazishda komissiyaning hattoki bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2.9. Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari:
qiymatliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida qiymatliklarning saqlanishi masalalari bo‘yicha sex, bo‘lim, shu’balar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
inventarizatsiya o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga yo‘l-yo‘riq berishni amalga oshiradi;
inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy qiymatliklarni tanlab inventarizatsiyadan o‘tkazadi;
inventarizatsiya natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida qiymatliklarni qayta o‘zaro o‘rniga hisobga olish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
zarur hollarda (inventarizatsiya o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarizatsiyalarni o‘tkazadi;
qiymatliklar kamomadi yoki ularni buzilishiga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda qiymatliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlarni bir izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar.
2.10. Ishchi inventarizatsiya komissiyalari:
saqlash va ishlab chiqarish joylarida qiymatliklar va pul mablag‘larini inventarizatsiyasini amalga oshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha chiqishlarni bir birini qoplashga olib borish, shuningdek tabiiy yo‘qolish me’yorlari doirasida kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olish va ular saqlanishini nazorat qilishni yaxshilash, shuningdek me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi;
quyidagi hollar uchun javobgar bo‘ladi :
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug‘iga muvofiq inventarizatsiyani o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
b) tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblar vositalarining haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun;
v) tovar-moddiy qiymatliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun;
g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi uchun.
Inventarizatsiya komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa qiymatliklar kamomadi va rastratasini yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro‘yxatga qiymatliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng so‘nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni olishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga “inventarizatsiyagacha ...da (sana)” deb ko‘rsatgan holda viza qo‘yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib tushgan barcha qiymatliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o‘chirilgani to‘g‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni xarid qilishga hisobdor summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
2.11. Inventarizatsiyani o‘tkazish oldidan ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarizatsiya komissiyasining barcha ish davri davomida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarizatsiyani o‘tkazish bo‘yicha ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulkni inventarizatsiya bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy qiymatliklar saqlanayotgan xona inventarizatsiya komissiyasi ketayotganida muhrlanishi kerak. Inventarizatsiya komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarizatsiya o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart.
Buyruqlar buxgalteriya tomonidan inventarizatsiyani o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlar bajarilishini nazorat qilish kitobida ro‘yxatga oladi (2-ilova*).
2.12. Tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarga majbur:
yordamchi binolar, yerto‘lalar va qiymatliklar saqlanadigan, alohida kirish-chiqish eshiklari bo‘lgan boshqa joylarni plombalashga;
og‘irlikni o‘lchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshirishga va ularni tamg‘alashning belgilangan muddatlariga rioya qilishga.
2.13. To‘satdan o‘tkaziladigan inventarizatsiyalarda barcha tovar-moddiy qiymatliklar inventarizatsiya komissiyasi ishtirokida, qolgan hollarda esa — oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Qiymatliklar guruhlarga bo‘linishi, navlarga ajratilishi va ular sonini sanash uchun qulay bo‘lgan ma’lum tartibda nomlari, navlari, hajmlari bo‘yicha joylashtirilishi kerak.
2.14. Asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul mablag‘lari va boshqa qiymatliklarni inventarizatsiyasi ularning har bir joylashgan joyi va ana shu qiymatliklarni saqlayotgan javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, xo‘jalik, savdo korxonasi, omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari) majburiy ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya paytida qiymatliklarning mavjudligi majburiy sanash, tarozida tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
Mol yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallar va tovarlar bo‘yicha ushbu qiymatliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida, ushbu qiymatliklar bir qismini naturada (tanlab olib) majburiy tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Idishsiz uyulgan mahsulotlar og‘irligi (yoki hajmi)ni o‘lchash va texnik hisob-kitoblar asosida aniqlashga yo‘l qo‘yiladi; o‘lchash dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan ko‘p miqdordagi tovarlar inventarizatsiya qilinganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi inventarizatsiya komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar ma’lumotlari solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarizatsiya ro‘yxatiga qayd etiladi. Tarozida tortish qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi.
2.15. Inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.
2.16. Ro‘yxatlar ishchi inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar komissiya qiymatliklarni ularning ishtirokida tekshirganini, komissiya a’zolariga nisbatan hech qanday da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda keltirilgan qiymatliklar mas’ul saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxat beradi.
Qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishda moddiy javobgar shaxslar o‘zgargan holda inventarizatsiya ro‘yxatlariga qiymatliklarni qabul qilgan shaxs ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar.
Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda saqlanayotgan qiymatliklarga alohida ro‘yxatlar tuziladi.
2.17. Inventarizatsiyada mazkur Standart bilan tasdiqlangan inventarizatsiya bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlashtirishning namunaviy shakllari qo‘llaniladi. Inventarizatsiyada inventarizatsiya bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlariga aktivlar va majburiyatlar xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadigan qo‘shimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik o‘simliklar, ko‘chatzorlar inventarizatsiya qilinganda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun tasdiqlangan ro‘yxat shakllari qo‘llaniladi.
2.18. Inventarizatsiya ro‘yxatlari texnika vositalari, axborot tizimi va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yoki qo‘lda to‘ldirilishi mumkin.
Qo‘lda tuziladigan inventarizatsiya ro‘yxatlari aniq va tushunarli qilib to‘ldiriladi. Hech qanday bo‘yash va o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Inventarizatsiya ro‘yxatining har bir sahifasida so‘z bilan tovar-moddiy qiymatliklar tartib raqamlari soni va ushbu qiymatliklar qanday o‘lchov birliklarida ko‘rsatilganidan qat’i nazar, mazkur sahifada yozilgan barcha qiymatliklar miqdorining umumiy yakuni ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarning barcha nusxalarida xatolarni tuzatish noto‘g‘ri yozuvlar ustiga chizish va chizilganlari ustiga to‘g‘ri yozuvlarni qo‘yish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak. Tuzatishlar izoh berilgan va inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Inventarizatsiya ro‘yxatlarida to‘ldirilmagan satrlarni qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ro‘yxatlarning oxirgi varaqlarida to‘ldirilmagan satrlar ustiga chizib qo‘yiladi.
2.19. Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiyadan keyin inventarizatsiya ro‘yxatlarida xatolarni aniqlagan hollarda ular tezda (ombor, omborxona, shu’ba va hokazolar ochilguniga qadar) buni ishchi inventarizatsiya komissiyasiga ma’lum qilishlari kerak. Moddiy javobgar shaxslarning kamomad yoki ortiqcha chiqish tovar-moddiy qiymatliklar nomidagi xato, o‘tkazib yuborish, yanglishish va hokazolar tufayli yuz bergani xususidagi tushuntirishlari ombor, omborxona, shu’ba ochilguniga qadar qabul qilinadi. Ishchi inventarizatsiya komissiyasi ko‘rsatilgan faktlarni tekshirishni amalga oshiradi va ular tasdiqlangan holda aniqlangan xatolarni belgilangan tartibda tuzatadi.
2.20. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tovar-moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi va ularning kutilmaganda o‘tkazilishini ta’minlash uchun javobgardir. Ular qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda to‘liq va aniq tekshirishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart.
Bosh buxgalter tegishli bo‘linmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarizatsiya o‘tkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur.
2.21. Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi bilan bir vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi barcha tegishli schyotlar bo‘yicha yozuvlarni korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan qiyoslagan holda tekshirishi kerak. Masalan, asosiy vositalar bo‘yicha (kapital qo‘yilmalarning tegishli schyotlari bilan kelishtirilgan holda) foydalanishga qabul qilingan barcha obyektlar hisobga olinganligi; tovar-moddiy qiymatliklar bo‘yicha — barcha kelib tushgan qiymatliklar kirim qilinganligi, chiqib ketganlari esa hisobdan chiqarilganligi va hisobda aks ettirilganligi; tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha — barcha xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulotga hisobdan chiqarilganligi va hokazolar aniqlanishi zarur.
2.22. Inventarizatsiyani rasmiylashtirish uchun 5 — 18-ilovalarga* muvofiq aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlari shakllari qo‘llaniladi.
2.23. Inventarizatsiya tugaganidan keyin inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin. Ularni inventarizatsiya komissiyalari a’zolari va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida albatta inventarizatsiya o‘tkazilgan ombor, omborxona, shu’ba va hokazolar ochilishiga qadar o‘tkazish kerak. Inventarizatsiyalar to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlarni hisobga olish kitobida ro‘yxatga olinadi.

Yüklə 66,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin