Buxgalteriya hisobi tizimining holati va uning faoliyatini



Yüklə 412,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix27.07.2023
ölçüsü412,13 Kb.
#137697
1   2   3   4   5
buxgalteriya-hisobi-tizimining-holati-va-uning-faoliyatini-baholash

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 814
«audit –bu muayyan vakolatlar berilgan shaxslar, ya’ni auditorlar tomonidan xo‘jalik 
yuritayotgan subyektlar faoliyatlarining respublikada qabul qilingan qonun-qoidalarga 
muvofiqligini tekshirish yo‘li bilan baholash va xolisona xulosalar berishdir» Tizim 
sifatida audit jamiyat miqiyosida mavjud bo‘ladi.
Yaxlit tizimni tashkil etuvchi auditni ichki va tashqi auditga bo‘lish mumkin. Ichki 
audit iqtisodiyotning quyi bo‘g‘ini bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ichki 
nazorat vositasi hisoblanadi.Tashqi audit davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
manfaatlari nuqtai nazaridan mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan 
nazorat vositasi hisoblanadi. Tashqi audit davlat tomonidan me’yoriy hujjatlar asosida 
tartibga solinadi. 
Auditning mohiyati uning tarkibiy komponetlarining mazmunida yorqin namoyon 
bo‘ladi. Bunday komponentlar quyidagilardir.Ichki nazorat –bu xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini rahbariyat tomonidan tasdiqlangan maxsus 
Nizom asosida doimiy nazorat qilib boruvchi bo‘limning yoki xodimning 
(xodimlarning) ish faoliyati. Bunday nazoratni ichki audit bo‘limi yoki ichki auditorlar 
olib borishlari mumkin. Tashqi nazorat –bu mustaqil auditorlik tashkilotlarining 
shartnoma asosida korxonalarda yuz bergan hodisa va jarayonlarni, ularning natijalarini 
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mosligini tekshirish bo‘yicha olib borgan ish 
faoliyati. Iqtisodiy tahlil – bu moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlari asosida 
korxonalarning moliyaviy –xo‘jalik faoliyati va uning natijalarini qo‘yilgan maqsad va 
talablarga ko‘ra dinamik va statik jihatdan izohlab berish bo‘yicha olib borilgan ish 
faoliyati.
XULOSA
Ekspertiza – tuzilgan buxgalteriya hisobi hujjatlarini, hisob registrlari va moliyaviy 
hisobotlarni qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelish darajasiga 
baho berish bo‘yicha olib borilgan ish faoliyati.
Inventarizatsiya – bu korxona aktivlari va majburiyatlarining haqqoniy mavjud 
holatini aniqlash, ularni hisob ma’lumotlariga mos kelishligini belgilash bo‘yicha 
amalga oshirilgan ish faoliyati.
Konsalting – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ularni qiziqtiruvchi turli bilimlar 
va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha maslahatlarni berish borasida olib borilgan ish faoliyati.
Kasbiy xizmatlar – bu auditorlik tashkilotlarining shartnomalar asosida xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarga hisobni yuritib berish, uni tiklash, soliq deklaratsiyalarini tuzib 
berish, biznes rejani tuzish va boshqa kasb ishlarini bajarib berish borasidagi ish 
faoliyati. Shunday qilib, yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqgan holda audit 
va auditorlik faoliyatlariga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Audit - bu xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini davlat va xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarning manfaatlari nuqtai nazaridan qonunlar va va boshqa me’yoriy hujjatlarga 



Yüklə 412,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin