Buxgalteriya hisobi tizimining holati va uning faoliyatini



Yüklə 412,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix27.07.2023
ölçüsü412,13 Kb.
#137697
1   2   3   4   5
buxgalteriya-hisobi-tizimining-holati-va-uning-faoliyatini-baholash

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 812
chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining 
boshqa qator ko’rsatkichlari hisoblab aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida ham, tezkor va 
statistika hisobidagi kabi, barcha o’lchagichlar - natura, mehnat va pul o’lchagichlari 
qo’llaniladi. Lekin unda pul (qiymatli) o’lchagichga alohida ahamiyat beriladi, chunki u 
buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarini olish imkonini beradi. 
Shuning uchun pul o’lchagichda buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular 
natura va mexat o’lchagichlarida aks ettirilgan bo’lsa ham, albatta, pul o’lchagichida 
ifodalanadi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Pul o’lchagichi yordamida buxgalteriya hisobi korxonaning barcha mablag’lari 
hajmi, ishlab chiqarishga qilingan harajatlar, davr harajatlari, ko’zda tutilmagan 
harajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, realizatsiyadan olingan yalpi tushum, 
morjinal (eng katta yalpi) foyda kabilarni beradi.Buxgalteriya hisobining eng muhim 
xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo’jalik operatsiyalari yoppasiga qayd 
qilinadi. Bu narsa barcha xo’jalik jarayonlarining to’la tavsifini olish uchun zarurdir. 
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi 
tizimida qayd qilinadigan har bir muomala dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha muomalalarni 
qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy 
javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish 
uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida yig’ma 
yakunlangan ko’rsatkichlarni olish uchun yig’ilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning 
maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, 
ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo’jalik 
faoliyatini uzluksiz va o’zaro bog’langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi.
Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini 
shunday tashkil etish kerakki, u tejamli bo’lib, kam mablag’ sarflangan holda ichki va 
tashqi foydalanuvchilarni ko’proq axborotlar bilan ta’minlansin. Bozor munosabatlariga 
o’tish va davlat mulkini xususiylashtirish xo’jalik yuritishning mazmuni, tuzilishi va 
psixologiyasida jiddiy o’zgarishlarga olib keladi. Bu o’z navbatida, buxgalteriya 
hisobida tub o’zgarishlarni talab qiladi. Buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili sifatida 
davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlantirishiga mulkni 
saqlash va ko’payishiga xizmat qilishi, manfaatdor (investorlar, aktsiyadorlar, banklar, 
fondlar, mol yuboruvchilar, mol oluvchilar, rasmiy organlar va sh.k.) lar tomonidan 
muhim iqtsodiy qarorlarni qabul qilishda (kapitalini investitsiya qilish, bozorga chiqish, 
xodimlarni yollash, soliq siyosati, moliyalash manbalarini qidirib topish, hisoblashishlar 
va sh.k.) zarur bo’ladigan to’liq va ishonarli axborotlarni o’z vaqtida yetkazib berish 



Yüklə 412,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin