Birinchi daraja- qonun hujjatlari, masalan, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun.
Ikkinchi daraja- asosiy qoidalar majmui, ya’ni buxgalteriya andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq shaxslar tamonidan bir xilda talqin etilsin.
Uchunchu daraja - turli idoralar tomonidan turli tamoqlar va umumiy mamlakat boyicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xilma-xil uslubiy ko‘rsatmalar, tavsiyalar.
To‘rtichi daraja - hisob siyosatini belgilash vahujjatlar aylanishini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari.
Hozirgi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi me’yoriy boshqaruvining ana shu to’rt darajali tizimini jahon andozalari talablari darajasida tashkil qilishga harakat qilinmoqda.
Reja : Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad (foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish, shuningdek, qo‘yilgan maqsadga erishish yo’llarini izlash.
Nazorat: Ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning haqiqatda bajarilishi va biznes-rejalarda ma‘ljallanganini kuzatish, ya’ni xatti-harakarlar mo‘ljallarngan rejaga qanchalik muvofiqligini belgilash.
Axborat : Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to‘liq va ishonchli axborat bilan ta’minlashni bildiradi. Bu funksiya qo‘yilgan maqsdalarni amalga oshirish uchun korxona rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi.