Biznes subyektlari moliyaviy holatini tahlil qilishga oid dastlabki tushunchalar
1.6. Samaradorlikni oshirishning asosiy yonalishlari Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llarini doimo qidirishni talab qiladi. Agar shunday qilinmas ekan, korxonaning qat’iy raqobat muhitida omon qolishi mushkul. Bu ayniqsa, kichik va o'rta korxonalarga tegishlidir. Awal aytib o'tilganidek, ularning vujudga kelishi va rivojlanishining barcha bosqichlarida qiyinchiliklar va hal qilinmagan muammolarjudako'puchraydi.
Tadbirkor muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun oddiy bozor omillari (mahsulotni doimo yangilash, sifatini oshirish, marketing tadqiqotlari, muvaffaqiyatli raqobat va boshqalar) dan tashqari o'z faoliyatining samaradorligiga erishishning turli-tuman yo'llaridan foydalanishi zarur. Bular quyidagilardir:
ilg or texnologiya va zamonaviy uskunalardan foydalanish;
xomashyo va materiallarning yangi turlarini qo'llash;
asosiy fondlardan samarali foydalanish;
aylanma mablag lar aylanishini jadallashtirish;
mehnatni tashkil qilishning samarali shakl va usullarini qo'llash;
menejment fani va amaliyotining ilg or yutuqlaridan foydalanish;
mamlakatimiz va xorij firmalarining ilg'or tajribalarini tatbiq etish va boshqalar.
Xulosa Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining ish faoliyati ularning moliyaviy faoliyati bilan chambarchas bogliq. Moliyaviy holat korxonaning har tomonlama faoliyati natijalarini aks ettiradi. Korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko'rsatkichlardan asosiysi foydahisoblanadi.
Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq to'lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi. Kreditning quyidagi asosiy shakllari mavjud: tijorat krediti; bank krediti; iste’mol krediti; davlat krediti va xalqaro kredit. Kreditlaming foiz stavkalari mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditlaming foiz stavkalari esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Unga xalqaro moliya bozoridagi holatlar bevositata’sirko'rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida samaradorlikni oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi: ilg or texnologiya va uskunalardar foydalanish; xomashyo va materiallarning yangi turlarini qo'llash; asosiy fondlardan unumli foydalanish; mehnatni tashkil etishning samarali usullarini qo'llash; xorij firmalarining ilg or tajribalaridan foydalanish va h.k.