Buxgalteriya hisobi


Kredit stavkasini aniqlash



Yüklə 169,48 Kb.
səhifə4/9
tarix18.09.2023
ölçüsü169,48 Kb.
#145109
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Biznes subyektlari moliyaviy holatini tahlil qilishga oid dastlabki tushunchalar

1.3. Kredit stavkasini aniqlash
Kreditning asosiy sharti qarz uchun haq to'lash. Bu haq qarz qilingan summaga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Qarz foizi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bo'ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq, qarz pulining narxi uning ma’lum to'lov ehtiyojini qondirish xossasidagi foydalanganlik uchun beriladigan haq bo'ladi. Qarz puli kapital sifatida yoki odatdagi to'lov yoki xarid vositasida qo'llaniladi.
Mana shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini to'laydi. Foiz stavkasi oldindan belgilanadi.
Kreditning foiz stavkasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
KFS = KF/KM*100;
Bu yerda, KFS kreditning foiz stavkasi, %;
KF-qarz foizi,so'm;
KM-qarz miqdori, so'm.
Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditlarning foiz stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu-York, Frankfurt, Parij va Bryussel shaharlarida joylashgan.
Kreditlarning foiz stavkasi turli omillar ta’sirida o'zgarib turadi. Bu omillarningasosiylariquyidagilardir:
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif tushsa, u kamayadi.
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi, aniqrog'i shu pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko'p foyda keltirsa yoki iste’molchi ehtiyojini toMaroq qondirsa, foiz yuqori bo'ladi, aks holda u pasayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigannaftaqqoslanadi.
Qarzni to'lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta, kichik-kichik qismlarga bo'lib, bemalol qaytarish mumkin bo'lsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo'ladi. Agar qarz qisqa vaqtga berilsa va uni bir yo'la to'lash shart bo'lsa, qarzdor past foizni ma’qul ko'radi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib, daromad ko'rish mumkin va shu hisobdan foiz to'lash oson bo'ladi.
Qarzning qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valyutada berilsa, foiz nisbatan past o'rnatiladi. Konvertirlangan pul nufuzli bo'lgani uchun uni ishlatish oson, undan tezda daromad ko'rish mumkin.
Inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasiga qaytib kelgunicha o'z qadrini qisman yo'qotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. Shu sababli foiz inflyatsiyani hisobga olib o'rnatiladi. Foiz inflyatsiya shiddatiga nisbatan to'g ri mutanosiblikda o'zgaradi.
Pulni qarz berishdan kora boshqa yosinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko'rish prinsipi amal qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori bo'lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aksiyaga 15% dividend berilsa, foiz undan yuqori bo'lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya sotib olishni afzal ko'radi.
Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bo'lib, qarz qaytishi shubhali bo'lsa, foiz yuqori boMadi. Odatda, moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz o'rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz xatarini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bo'lishi bilan qoplanadi.

Yüklə 169,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin