Buxgalteriya hisobi



Yüklə 169,48 Kb.
səhifə2/9
tarix18.09.2023
ölçüsü169,48 Kb.
#145109
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Biznes subyektlari moliyaviy holatini tahlil qilishga oid dastlabki tushunchalar

I. Asosiy qism
1.1. Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyatini ifodalovchi kо’rsatkichlar
Kichik biznes korxonalarining moliyaviy faoliyati ularning davlat, boshqa korxonalar, tashkilotlar va shaxslar bilan o'zaro munosabatini tartibga solish bilan bog liq pul hisob-kitoblarini ifodalaydi.
Kichik biznes korxonalarining ish faoliyati uning moliyaviy holati bilan chambarchas bog langanidir. Moliyaviy holat korxonaning har tomonlama faoliyatining natijalarini aks ettiradi va rejada belgilangan ishlarning bajarilishiga ta’sir ko'rsatadi. Har bir kichik korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyati to'g'ri olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko'rsatkichlardan asosiysi foydadir. Korxonalar foydasining turiari quyidagilardaniborat:
a) mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YAF). Bu sotishdan
tushgan sof tushum (ST) va sotilgan mahsulotning tannarxi (MT)
o'rtasidagi farqdan iborat, ya’ni
YAF = ST-MT;
b) asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan tushgan foyda (ICHF). Bu
ma’lum davr ichida mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YAF) va
xarajatlar (Aharaj.) o'rtasidagi farq va plyus boshqa asosiy faoliyat
sohalari daromadlari (Bdar.) yoki kamomadlari (Bkam.) ayirmasidan
iborat,ya’ni:
ICHF = YAF-Aharaj. + BdarBkam;
v) umumiy xo'jalik faoliyatidagi foyda (UXF). Bu algebrik ifodalar yig'indisi tarzida ifodalanadi: asosiy faoliyatidagi foyda (AFF) plyus dividendlar (DD) va foizlar bo'yicha daromadlar (FD) plyus (yoki minus) chet el valyutalari bo'yicha operatsiyalaridan olingan daromadlar (yoki kamomadlar) (CHEV) plyus (yoki minus) qimmatbaho qog ozlarni qayta baholashdagi daromadlar (yoki kamomadlar) (KKKB) minus foizlar bo'yicha xarajatlardan (FX) iborat, ya’ni:
UXF = AFF + DD + FD ± CHEV ± KKKB FX;
g) soliq to'lovlarigacha bo'lgan foyda (SF). Bu ko'rsatkich ham algebrik ifodalar yig'indisi tarzida ifodalanib, umumiy xo'jalik faoliyatidagi foyda (UXF) va tasodifiy (ko'zda tutilmagan) foyda yoki kamomadlar (TFK) saldosidan iborat, ya’ni:
SF = UXF±TFK;
d) yillik sof foyda (YSF). Bu barcha soliqlarni to'lab bo'lgandan so'ng korxona hisobiga qoladigan daromad, ya’ni soliq to'lovlarigacha bo4gan foydadan (SF), daromad yoki foyda solig ini (FS) hamda boshqa soliqlar yoki to'lovlarni (BS) olib tashlangandan keyin qolgan qismidir, ya’ni:
YSF = SF-FS-BS;
Korxonalarning xo'jalik faoliyatini yuritishi davomida kelib chiqadigan xarajatlar o'z xususiyatlariga ko'ra quyidagicha tasniflanadi:
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi:
a) to'gri va egri moddiy xarajatlar;
b) to'g'ri va egri mehnatx arajatlari;
v) boshqa to'g'ri va egri xarajatlar.
Ma'lum davrdagi xarajatlar:

  1. Sotish bilan bog liq xarajatlar;

  2. boshqarish bilan bog' liq xarajatlar (ma’muriy xarajatlar); v) boshqa jarayonlar bilan bog'liq xarajatlar. Moliyaviy faoliyat bilan bog'liq xarajatlar:




  1. foizlar bo'yicha xarajatlar;

  2. xorijiy valyutalar bilan bog'liq operatsiyalarda kurslaming salbiy farqi;

v) qimmatbaho qog ozlarni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bilan bog liq boshqa xarajatlar.
Tasodifiy xarajatlar (tabiiy ofatlar natijasida kelib chiqadigan xarajatlar).
Korxonalarning xo'jalik faoliyatining yuritishi davomida kelib tushadigan daromadlari o'z xususiyatlariga ko'ra quyidagicha guruhlanadi va u hisobotlarda quyidagi asosiy bo'limlar bo'yicha aks etadi:
-sotishdan tushgan sof tushumlar;
- asosiy faoliyat sohalaridagi boshqa daromadlar (operauion
daromadlar);
- moliyaviy faoliyat sohalaridagi daromadlar;
-tasodifiy daromadlar.
Sotishdan tushgan sof tushumlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumlardan qo'shimcha qiymat solig i, aksiz solig i, eksport solig i (sotib oluvchi tomonidan beriladigan ayrim skidkalar) va boshqa to'lov hamda ajratmalarni olib tashlagandan keyin qolgan qismi sifatidahisoblanadi.
Korxonalarning eksport faoliyati bilan bogliq operatsiyalardan tushgan foyda va daromadlarni hisoblash, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumlar hajmini aniqlash kabi belgilangan tartibda amalgaoshiriladi.
Asosiy faoliyat sohalaridagi boshqa daromadlar (operauion daromadlar) hisobot bo limining «Boshqa daromadlar va tushumlar» moddasidako'rsatiladi.
Ushbudaromadlarga:

  • xo'jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun turli xildagi sanksiyalar, jarimalar, penyalar, shuningdek keltirilgan zarar va kamomadlarni qoplash;

  • hisobot yilida, o’tgan yildagi daromadlar va foydalarni hisoblash natijasida topilgan summa;

- mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish yoki ishlab chiqarish
jarayonlari bilan bog liq bo'lmagan boshqa daromadlar, ya’ni renta
daromadlari, xizmat ko'rsatish tarmoqlaridan tushgan daromadlar, korxona
tizimidagi oshxonalar va kafelar hisobidan kelib tushadigan tushumlar;
- asosiy fondlar va korxonaning boshqa mol-mulklarining
faoliyatidan kelib tushadigan moliyaviy daromadlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat sohalaridagi daromadlar quyidagilami o'z ichiga oladi:
- royalti (litsenziya bitimida ko'rsatilgan narsadan foydalanish
huquqi uchun sotuvchiga vaqt-vaqti bilan pul o'tkazib turish) va transfert
(egasining nomi yozilgan qimmatbah о qog ozlarni bir kishi normdan
boshqa kishiga o'tkazish) kapitallarini to'plash;

Yüklə 169,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin