Mustaqil ishlash uchun nazorat savollar
1. Бухгалтерия ҳисобини ташкил этиш тамойиллари.
2. Бухгалтерия ҳисобини тартибга солиш ва унинг меъёрий базаси.
3. Бухгалтерия ҳисобини услубий таъминоти.
4. Бухгалтерия ва унинг бошқа бўлинмалар билан алоқаси.
5. Бухгалтерия ҳисобининг вазифалар.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6. Ҳисоб сиёсатининг моҳияти ва аҳамияти.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7. Қайси ҳолларда хўжалик юритувчи субъект ҳисоб сиёсатини ўзгартириши мумкин?
8. «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги қонуни моҳияти ва аҳамияти.
Qaydlar uchun
Qaydlar uchun
11 -MAVZU. PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI HISOBI
REJA:
11.1. Pul mablag‘larining iqtisodiyotdagi roli va ularni hisobga olishning vazifalari
11.2. Kassa operatsiyalarini hisobga olish
11.3. Hisob – kitob, valyuta va boshqa schetlar bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish
11.1. Pul mablag‘larining iqtisodiyotdagi roli va ularni hisobga olishning vazifalari
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarning ishlab chiqarish jarayonida doimo boshqa xo‘jaliklar bilan iqtisodiy aloqada bo‘ladilar. Bunday aloqalarini olib borish xo‘jaliklarning asosiy faoliyati hisoblanadi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi, mahsulotlarni o‘z vaqtida jo‘natish hamda sotish jarayoni ta’minlanadi. Xo‘jalik aloqalari shartnomalar bilan rasmiylashtirilib, ularga asosan bir tomon mahsulot (ish va xizmat) larni taklif etuvchi (sotuvchi), ikkinchi tomon esa – xaridor sifatida qatnashib, to‘lovni amalga oshiruvchi bo‘lib qatnashadi.
Mahsulot (ish va xizmat) larni etkazib beruvchi bilan uning haqini to‘lovchilar orasidagi hisoblashishlar o‘z vaqtida tashkil etilishi aylanma mablag‘larning aylanish tezlashishiga ta’sir qilib, olinadigan va to‘lanadigan mablag‘larning paydo bo‘lishiga barham beradi.
SHuningdek, xo‘jaliklarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tegishli idoralar hamda ishlab chiqarishda, boshqaruv apparatida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar bilan hisoblashishlar vujudga keladi.
Xo‘jalikning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hisoblashishlari naqd pullik yoki naqd pulsiz, ya’ni pul o‘tkazish yo‘li orqali to‘lovni oluvchining hisob raqami ochilgan bankka o‘tkazib beriladi. Bugungi kunda subektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha hisoblashishlar nizomga3 ko‘ra pul o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan mablag‘larini jalb qilish, ularning boshqa xo‘jalik hamda tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob – kitoblarini amalga oshirish, shuningdek, qaytarib olish to‘lovlilik va muddatlilik sharti bilan bo‘sh mablag‘larni joylashtirish maqsadida tashkil etilganligidir.
Respublikamizda bank tizimi davlat Markaziy banki va tijorat banklaridan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘z mijozlariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi. Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanishda mustaqil ravishda o‘zlari tanlagan bir yoki bir nechta banklarda hisob-kitob-pul bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradi.4
SHu bilan birga ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida bankning kredit resurslaridan foydalanishlarilari va maqsadli kredit munosabatlari yuzasidan kredit shartnomalarini rasmiylashtirishlari mumkin. Korxonalar banklarda hisob–kitob va valyuta schyotlaridan tashqari, maxsus joriy schyotlari (limitlashtirilgan chek daftarchalari, akkreditivlar, maxsus schyotlar va b.) dan ham foydalanishlari mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning pul mablag‘lar hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining beshinchi bo‘limi, majburiyatlari bo‘yicha hisob–kitoblar esa oltinchi va ettinchi bo‘limida tayinlangan schyotlarda yuritiladi.
Xo‘jaliklarda mavjud pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish va ularni samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag‘lar va majburiyatlarni o‘z vaqtida so‘ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi. SHu boisdan, ushbu nazoratni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etishda uning oldiga bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat:
pul mablag‘lari va hisob–kitob operatsiyalarini o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirib borish;
kassadagi kirim va chiqim qilinayotgan mablag‘larni to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni kassa daftarida qayd qilib borish;
kassadagi naqd pul mablag‘lari va unga ekvivalent bo‘lgan pul hujjatlari, qimmatli qog‘ozlarning butligini kundalik nazorat qilib borish;
pul mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanish va ularning maqsadli sarflanishini doimiy nazorat qilish;
budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar, banklar, xodimlar va boshqa tashkilotlar, xaridor va buyurtmachilar bilan shartnomada belgilangan to‘lov shakllariga amal qilib borishni nazorat qilish;
qarzlarni qaytarish muddatidan o‘tkazib yubormaslik maqsadida debitor va kreditorlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob – kitoblarni o‘z vaqtida taqqoslama dalolatnomalar bilan rasmiylashtirish hamda uni so‘ndirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
xo‘jalikning pul mablag‘lari harakatini oldindan prognozlash va pul oqimini meyorlashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
11.2. Kassa operatsiyalarini hisobga olish
Korxonaning kassasi buxgalteriya aparatining tarkibida bo‘lib, unga naqd pul mablag‘lari va boshqa qimmatliklar (qimmatli qog‘ozlar, pulli hujjatlar, pochta markalari va boshqa) ni qabul qilish, berish hamda saqlash operatsiyalarini amalga oshirish majburiyati yuklatilgan.
Pul mablag‘larining butligi, kassa operatsiyalarini bajarish bo‘yicha moddiy javobgarlik korxona rahbari tomonidan tayinlanadigan kassirga biriktirilgan. Kassa operatsiyalarini yuritish amaldagi qoidaga ko‘ra tartibga solinadi.5
Kassada kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan belgilangan limit doirasida qoldiq bo‘lishi mumkin. Belgilangan limitdan ortiqcha naqd pul kassada faqat ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya berish kunlari, bank muassasasidan pul olingan kun ham qo‘shilgan holda, uch kun ichida saqlanishi mumkin.
Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolangan kassa kirim orderi (KO-1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan (0402004-kvitansiya) kvitansiya beriladi.
Kassadan naqd pul kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) yoki kassa chiqim orderi rekvizitlari o‘rnini bosuvchi maxsus shtamp qo‘yilgan talabga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar (to‘lov qaydnomai, pul berish to‘g‘risida ariza, schyotlar va b.) bo‘yicha beriladi.
Kassadan pul rahbar va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan hujjatlar bo‘yicha beriladi. Agar kassa chiqim orderlariga ilova qilinadigan pul berish to‘g‘risidagi hujjatlarda rahbarning imzosi bo‘lsa, kassa chiqim orderlariga imzo qo‘yish shart emas.
Kirim kassa orderlari, uning kvitansiyalari va kassa chiqim orderlari buxgalter tomonidan aniq qilib yoziladi. Bu hujjatlarda xech qanday o‘chirish yoki to‘g‘rilashga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Korxonada ishlamaydigan shaxslarga pul berishda ularning shaxslarini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat talab qilinadi, kassa chiqim orderning pul olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yiladigan joyida taqdim etilgan hujjatning ma’lumotlari ko‘rsatiladi.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lar uchun naqd pul bankdagi hisob-kitob schyotidan pul chek daftarchasiga asosan olinadi.
Pul chek daftarchasi hisob-kitob schyotidan unda ko‘rsatilgan naqd pulni berish to‘g‘risida korxonaning bankka bergan buyrug‘i bo‘lib hisoblanadi. Ish haqi, pensiya nafaqa, mukofotlar to‘langanda har bir oluvchiga kassa chiqim orderi tuzilmasdan to‘lov qaydnomai bo‘yicha to‘lanadi. Ish haqi tarqatilgandan so‘ng to‘lov qaydnomasi bo‘yicha umumiy to‘langan summaga buxgalter kassa chiqim orderi tuzadi. Kassa orderlari bo‘yicha pul qabul qilish va to‘lash faqat hujjatlar tuzilgan kuni amalga oshiriladi.
Barcha kassa kirim va chiqim orderlarini buxgalter kassa kirim va chiqim hujjatlarini ro‘yxatga olish jurnaliga yozib (KO-3-shakl) kassirga beriladi. Pul olingandan yoki berilganidan so‘ng kassir zudlik bilan kirim va chiqim orderlariga imzo qo‘yadi hamda ularga ilova qilingan hujjatlarga sanasini ko‘rsatib shtamp yoki qo‘lda: kirim hujjatlariga – «Olindi», chiqim hujjatlariga – «To‘landi» deb belgi qo‘yadi.
Ro‘yxatga olish jurnali ma’lumotlariga asosan olingan va sarflangan naqd pul maqsadli ishlatilishi korxona tomonidan nazorat qilinadi hamda kassir tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘liqligi tekshiriladi.
Naqd pul harakatini kassir raqamlangan, tikilgan va korxona muhri bosilgan kassa daftarida hisobga oladi. Kassa daftaridagi varaqlar soni korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassa daftari ikki nusxada yuritilib, ikkinchi nusxasi yirtib olinib kassirning hisoboti sifatida foydalaniladi. Birinchi nusxasi esa kassa daftarida qoladi. Kassa daftarida o‘chirib tuzatish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Talabga muvofiq qilingan tuzatishlar kassir va bosh buxgalter yoki uni o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan imzolanib tasdiqlanadi, Har bir order bo‘yicha pul qabul qilingandan yoki berilgandan so‘ng kassa daftariga yozib boriladi.
HarHar kuni ish vaqti tugagandan so‘ng kassir kunlik operatsiyalar jamlanib, kassada keyingi kun boshiga qoldiqni chiqaradi va shu kunning o‘zida kassa kirim, chiqim orderlari hamda ularga ilova qilingan hujjatlar bilan birga hisobot (daftarning yirtib oladigan varag‘i)ni kassa daftari (birinchi nusxasi)ga imzo qo‘yib bosh buxgalterga topshiradi. Kassa hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan xodim kassir vazifasini bajarmaydi. Naqd pul mablag‘lari harakati 5010 – «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida naqd pulning kirimi, kreditida – chiqimi aks ettiriladi. Schyotning saldosi hisobot davri boshiga kassada qolgan naqd pulni ko‘rsatadi. 5010 – schyotning kredit oboroti 1 – jurnal-orderda aks ettiriladi. Debet oborotlari turli jurnal-orderlarga yoziladi, bundan tashqari, 1–qaydnoma bilan nazorat qilinadi.
1 – jurnal-order va 1-qaydnomaga yozish uchun kassirning hisoboti asos bo‘lib hisoblanadi. Registrda kassirning har bir hisoboti bir qatorga yoziladi. Demak, jurnal-order va qaydnomada band qilingan qatorlar soni kassirning topshirgan hisobotlar soniga teng bo‘lishi kerak.
5010- schyot bo‘yicha maxsus analitik hisob yuritilmaydi. Analitik registrlari bo‘lib kassa daftari, kassirning hisobotlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi mashinogrammalar hisoblanadi.
Ichki nazorat tizimi – bu aktivlarni himoya qilish va buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan ma’lumotlarini to‘g‘riligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan siyosat hamda ish yuritish tartibidir. Pul harakatini ichki qat’iy nazorat qilish tizimi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun to‘g‘ri axborot berilganligini kafolatlaydi.
Kassa tashkil qilingan barcha karxonalarda pul mablag‘lari butligini ta’minlash muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Pul mablag‘larini yashirish, olib ketish oson, ularda kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida belgi yo‘q va ular oson konvertatsiya qilinadi. Ularni o‘g‘irlash imkoniyati shu bilan bog‘liqki, ayrim shaxslar hisob tizimiga kirishi va pul mablag‘larini qo‘riqlashga ruxsat olishi mumkin.
Kassir moddiy javobgar shaxs bo‘lib, korxonaga etkazilgan zarar uchun javobgardir. Kassir lavozimiga qabul qilingan shaxsni korxona rahbari kassa operatsiyalarini yuritish tartibi bilan tanishtirtib, u bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida yozma majburiyat (shartnoma) tuzadi. Kassadagi pul mablag‘lari oyiga kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Korxona rahbari buyrug‘i bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan kassirning ishtirokida kassa to‘satdan tekshiriladi. Bunda naqd pul, pulli hujjatlar, qimmatli qog‘ozlar va qat’iy hisobot blankalari to‘liq tekshiriladi. Kassa chiqim orderlari bilan rasmiylashtirilmagan tilxatlar kassa bo‘yicha qoldiqqa kiritilmaydi. Korxonaga tegishli bo‘lmagan pul mablag‘larini kassada saqlash taqiqlanadi.
Kassada ortiqcha yoki kamomad aniqlansa, inventarizatsiya dalolatnomasining orqa tomonida sodir bo‘lgan ortiqcha va kamomadning sabablarini ko‘rsatib kassir tushintirish xati yozadi, korxona rahbari esa tekshirish natijasi bo‘yicha inventarizatsiya komissiyasi qarorini tasdiqlaydi. Aniqlangan ortiqcha naqd pul quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan kassaga kirim qilinadi: Dt 5010 «Milliy valyuta dagi pul mablag‘lari» schyoti, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Aniqlangan kamomad esa quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan kassirdan undirib olinadi: D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarining qarzi» schyoti, K-t 5010 «Milliy valyuta dagi pul mablag‘lari» schyoti.
Agar korxonaning valyuta schyotida mablag‘lar bo‘lsa, naqd valyutadan foydalanish zaruriyati vujudga kelishi mumkin va u amaldagi qoida talablari asosida tartibga solinadi.6
Naqd valyutani hisobga olish uchun alohida 5020 «CHet el valyutasidagi pul mablag‘lari» schyoti tayinlangan. Naqd xorijiy valyuta harakatining hisobi kassa daftarida yuritiladi. Bu daftarda xorijiy valyuta operatsiyalarining hajmiga qarab taxminan bir necha betlar ajratiladi. Bankdan naqd xorijiy valyutani olinishi quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: D-t 5020 «CHet el valyutasidagi pul mablag‘lari» schyoti, K-t 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» schyoti.
Agar korxonada biror hisobdor shaxsga safar xarajatlari berilganda: D-t 4220 «Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar» schyoti, K-t 5020 «CHet el valyutasidagi pul mablag‘lari» schyoti.
Naqd xorijiy valyuta harakatining hisobi ikki xil bahoda yuritiladi: valyuta turlari bo‘yicha va so‘mda. Sintetik hisob faqat so‘mda yuritiladi. Jurnal-order shaklida hisob yuritilganda naqd xorijiy valyutasi uchun 1/1 – jurnal-orderi va 1/1 qaydnomasi qo‘llaniladi.
Kassadagi naqd xorijiy valyuta qoldig‘i vaqti-vaqti bilan so‘mga nisbatan qaytadan baholanib turiladi. Ijobiy va salbiy kurs farqi 5020 «CHet el valyutasidagi pul mablag‘lari» schyotida tegishli 9540 «Valyutalar kurslari farqlaridan foydalar» yoki 9620 «Valyutalar kurslari farqlaridan zararlar» schyotlari bilan bog‘liqlikda aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |