181
XI BO‘LIM
BUXGALTERIYA HISOBOTI
11.1. MOLIYAVIY HISOBOT, UNING AHAMIYATI
VA TARKIBI
Hisobot – korxona, birlashma, uyushma, konsern,
korporatsiya,
aksiyodorlik jamiyati va shu kabilarning o‘tgan vaqt ichidagi ishlari
natijalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, u xo‘jalik
faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida tegishli
subyektlarga topshiriladi. Hisobot
axborotlari sotilgan mahsulot, ish va
xizmatlar, ularning ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va
ularning tashkil bo‘lish
manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa
tortish va dividendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: