33
shakllari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilanadi.
Uning belgilashicha, mulkning barcha shaklidagi korxo-
nalarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha boshqa korxonalar bilan hisob-
kitoblari,
shuningdek, tovar-moddiy boyliklar uchun jismoniy va yuridik
shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, odatda, bank
muassasalari orqali naqd
pulsiz tartibida amalga oshirilishi lozim.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan bo‘ladigan hisob-
kitoblarni hisobga olishda
6010-«Mol yetkazib
beruvchi va pudratchilarga
to‘lanadigan schyotlar» dan foydalaniladi.
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar» passiv bo‘lib, uning kredit tomonida hisobot davri oxirida
qolgan saldo korxonaning mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan
bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Kredit oboroti ushbu qarzning ko‘payishini,
debet aylanmasi esa uning uzilishini anglatadi.
Mol yetkazib beruvchilardan ishlab
chiqarish zaxiralari sotib
olinganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 1010-1090, 1510.
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar».
Mol yetkazib beruvchining qarzi hisob-kitob schyotidan to‘langanida
quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti».
Ba’zi hollarda mol yetkazib beruvchining qarzi bank krediti
hisobidan ham to‘lanishi mumkin:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar».
K-t 6810, 7810.
Dostları ilə paylaş: