Buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

Muomalalar mazmuni
t/r


36
3
Mehnat haqi summasidan daromad solig‘i hisoblandi
6710
6410
4
Dividendlardan daromad solig‘i ushlandi
6610
6410
5
Budjetga soliq to‘lovlar o‘tkazildi
6410
5110
2.8. TURLI DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN
HISOB-KITOBLAR
Debitorlar bilan har xil muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblar aktiv
4800-«Turli debitorlarning qarzlarini hisobga olish schyotlari»da aks
ettiriladi. Schyotning debetida olinadigan foizlar va dividendlar,
olinadigan moliyaviy lizing bo‘yicha joriy to‘lovlar, boshqa shaxslarning
majburiyatlari, royalti (litsenziya) va gonorarlar, kreditida esa debitorlik
qarzlarini uzish bo‘yicha mablag‘larning hisob-kitob schyotiga kelib
tushishi aks ettiriladi.
Kreditorlar bilan har xil muomalalar bo‘yicha hisob-kitobar 6900-
«Turli kreditorlardan qarzlarni hisobga olish schyotlari» da yuritiladi.
Korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzaga
kelishining asosiy sababi – hisob-kitoblarda to‘lovlar muddati yoki
sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunga har qanday
holatda ham yo‘l qo‘yiladi. Agarda mahsulot ortib jo‘natish orqali
sotiladigan bo‘lsa, bunda to‘lovlar amalga oshish sanasiga qadar
majburiyat, qarz sifatida aks ettiriladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini undirish muddati 3 oy
yoki 90 kun qilib belgilangan. Ushbu muddatdan so‘ng debitorlik va
kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi va ularning holati bo‘yicha
amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik shartlari (ma’muriy va
moliyaviy) belgilanadi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati
sifatida yuridik shaxslar o‘rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar
o‘rtasida ham 3 yil muddat belgilangan. Ushbu muddatda to‘lanmagan,
undirib olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxonaning foyda va zararlari
hisob-kitobida qayd etiladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik
majburiyatlari davlat tomonidan nazoratga olinadi. Muddati o‘tkazib
yuborilgan kreditorlik majburiyatlari korxona foydasiga qo‘shiladi va
umumiy asosda soliqqa tortiladi. Muddati o‘tgan debitorlik majburiyat-
larini zararga olib borish soliqqa tortiladigan foyda summasini kamay-
tirmaydi.


37
Da’volar bo‘yicha hisob-kitob 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan
schyot (to‘lovlar)» da yuritiladi. Bu schyot mol yetkazib beruvchilarga,
pudratchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga bildirilgan e’tirozlar,
shuningdek, ularga taqdim etilgan va tan olingan jarimalar, penyalar va
beqarorliklar bo‘yicha hisoblashishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyaviy va tezkor
lizinglar bo‘yicha olinadigan to‘lovlar, foizlar va dividendlar, royalti
(royalti – bu sotuvchiga litsenziya shartnomasida belgilangan ma’lum
narsani ishlatish huquqi uchun davriy to‘lovlar) va gonorar (gonorar
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha mukofot va
rag‘batlantirishlar) bo‘yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning
qarzlari (joriy qismi) hisobga olinadi. Bu muomalalarning hisobi 4800-
«Turli debitorlarning qarzlari hisobi» bo‘yicha ochilgan (4810, 4820,
4840 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi.
Korxonaning turli kreditorlardan bo‘lgan qarzlari tarkibiga moliyaviy
va tezkor lizinglar bo‘yicha to‘lanadigan to‘lovlar, tegishli foizlar va
dividendlar, royalti va gonorar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar, hisobdor
shaxslardan bo‘lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday
muomalalarning hisobi 6900-«Turli kreditorlardan olingan qarzlar va
boshqa majburiyatlar hisobi schyoti» bo‘yicha ochilgan (6910, 6920,
6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi.
43, 40, 63, 65, 47, 67, 48, 69, 41, 61-schyotlar bo‘yicha tahliliy
hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Quyida bu qaydnomaning shakli
ko‘rsatilgan:

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin