31
2.4. BANKDAGI MAXSUS SCHYOTLARDA
BAJARILADIGAN PUL MUOMALALARINING HISOBI
Akkreditiv – bu mol yetkazib beruvchi
korxonaga xizmat qiluvchi
bankning xaridor korxonaga xizmat qiluvchi bank tomonidan qarzni
to‘lash haqidagi topshirig‘i.
Hisob-kitobning akkreditiv shakli asosan shaharlararo hisob-
kitoblarda qo‘llaniladi.
Akkreditiv mol yetkazib beruvchi
korxona joylashgan joydagi
bankda joylashadi.
Xaridor korxona o‘zining bankiga akkreditiv ochish haqida ariza
topshiradi. Bank xaridor korxonaning ma’lum miqdordagi mablag‘ini
deponentlashtiradi va bu haqida mol yetkazib beruvchi bankka ma’lum
qiladi. Akkreditivni korxona o‘z mablag‘lari yoki bank qarzi hisobidan
ajratishi mumkin.
Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitob muomalalari
amalga oshirilganda
quyidagicha schyotlar aloqasi belgilanadi:
Schyotlar aloqasi
D
K
1
Korxona o‘z mablag‘i
hisobidan akkreditiv ochildi
5510
5110
2
Bank krediti hisobidan akkreditiv ochildi
5510
6810
3
Akkreditiv hisobidan mol yetkazib beruvchining qarzi
to‘landi
6010
5510
4
Akkreditiv yopildi yoki qaytarildi
5110
6810
5510
Dostları ilə paylaş: